Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) avtomobil bozorida savdolar o‘zgarishini muntazam tahlil qilib kelmoqda.
2021 yil avgust oyida respublikada avtomobillar oldi-sotdisi bo‘yicha bitimlar soni sezilarli darajada oshdi. Shunday qilib, joriy yilning iyul oyiga nisbatan o‘sish 21,4% ni tashkil etdi.
Lekin, ichki bozorda bo‘lgan talab miqdori 2020 yil avgust oyi bilan taqqoslaganda 8,6%ga kamaydi, bu esa bir qator sabablar bilan izohlanadi. Xususan, o‘tgan yilning iyul oyida joriy qilingan lokdaundan keyin avgust-dekabr oylarida kechiktirilgan talab qondirilgan edi.
Joriy yilning avgust oyida sezilarli o‘sishga qaramay, avtomobil bozorida savdo hajmi karantindan oldingi darajasiga yetmadi. Shunday qilib, avtomobil savdosi 2019 yil avgust oyiga nisbatan 5,1% ga bir oz kamaydi.
Avvalo, koronavirus pandemiyasi oqibatida mikrochiplarning global taqchilligi ichki avtomobil bozoridagi faollikka bosim o‘tkazishda davom etmoqda, bu esa yetkazib berish muddatini oshirmoqda.
Joriy yilning avgust oyida yangi avtomobillar savdosi (12,1 ming) o‘tgan iyul oyiga (18,5 ming) nisbatan 34,9% ga kamaygan bo‘lsa, avgust oyida ikkilamchi bozorda avtomobillar savdosi (45,3 ming) 57,6% ga ko‘paydi.
Ekspertlar yangi avtomobillar savdosining kamayishini joriy yil 15 iyulidan 21 avgustigacha bo‘lgan davrda UzAuto Motors Asaka avtomobil zavodida Chevrolet Onix va Tracker modellarini o‘zlashtirish doirasida ishlab chiqarish imkonini beradigan o‘rnatish va ishga tushirish ishlari amalga oshirilishi sababli ishlab chiqarishning vaqtinchalik to‘xtatilganligi bilan izohlashmoqda.
2-rasm. 2021 yilda birlamchi va ikkilamchi avtomobil bozori
Hududlar kesimida eng yuqori o‘sish sur’atlari Toshkent (97,2%), Qashqadaryo (36,2%), Farg‘ona (20,4%), Navoiy (27,7%), Andijon (12%) va Surxondaryo (2,9%) viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida (3,8%) kuzatildi.
2021 yilning avgust oyida 10,6 ming dona yangi yengil avtomobillar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (iyul oyiga nisbatan kamayish 38,5%). Shundan, 1021 tasi (10,7%) chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillar hisoblanadi.
Umuman, yanvar-avgust oylarida respublika bo‘yicha 122,4 ming dona yangi yengil avtomobillar, shundan, 6,2 ming dona chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillar sotildi.
Bu davrda yangi yengil avtomobillar eng ko‘p sotilgan hududlar Toshkent shahri – 3 ming dona, shundan, 652 dona xorijda ishlab chiqarilgan avtomobil. Toshkent - 1,2 ming dona (608 dona chet elda ishlab chiqarilgan avtomobil), Samarqandda – 846 dona avtomobil (48 dona chet elda ishlab chiqarilgan avtomobil) va Buxoroda - 772 dona avtomobil (37 dona chet elda ishlab chiqarilgan avtomobil) qayd etildi.
3-rasm. 2021 yilning yanvar-avgust oylarida mahalliy va chet elda ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar savdosi ulushi
Xalilullox Xamidov, zaveduyushiy sektorom SEIR
tel: (78) 150 02 02 (410)
Slujba po svyazyam s obshestvennostyu SEIR
tel: (78) 150 02 02 (417)
Izoh qoldirish