Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) avtomobil bozorida savdolar o‘zgarishini muntazam tahlil qilib kelmoqda.
2021 yil noyabr oyida respublikada avtomobil oldi-sotdisi bo‘yicha bitimlari soni faollikning o‘sish tendensiyasini saqlab qoldi. Shunday qilib, joriy yilning oktyabr oyiga qadar savdolar biroz pasayganiga (2,7%) qaramay, joriy yilning sentyabr oyiga nisbatan o‘sish 29% ni tashkil etdi.
Shu bilan birga, 2020 yilning noyabr oyiga nisbatan mahalliy avtomobil bozoriga bo‘lgan talab o‘rtacha 8,8 foizga, 2019 yilning shu davriga nisbatan 18,2 foizga keskin o‘zsish kuzatildi.
1- rasm. Ro‘yxatga olingan va qayta ro‘yxatdan o‘tgan avtomobillar sonini o‘zgarishi indeksi
2021 yil yanvar-noyabr oylarida 7,8 trln so‘m avtokreditlar berilgan. Bu 2020 yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 40 foizga oshgan (2020 yilda 5,6 trln so‘m).
Hududlar kesimida asosiy o‘sish Buxoro viloyati (114 foiz) va Toshkent shahriga (2,4 marta) to‘g‘ri keladi.
Birlamchi avtomobil bozorida chiplar bilan bog‘liq vaziyat qiyinligicha qolmoqda. Mikrochiplarning yetishmasligi, uning oqibatlarida mashinalar yetishmovchiligi va uskunalarning o‘zgarishini keltirib chiqaradi. Shu bilan birga, yangi avtomobillar segmenti ortidan ikkilamchi bozorda narxlar oshib bormoqda.
Hududlar kesimida eng yuqori o‘sish sur’atlari Qashqadaryo (12,1 foiz), Xorazm (10,5 foiz) viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda (6,3 foiz) qayd etildi. Namangan (17,1 foiz), Farg‘ona (14,9 foiz), Surxondaryo (14,4 foiz) va Navoiy (10 foiz) viloyatlarida avtomobillar xaridi kamaydi.
2021 yil noyabr oyida 17,4 ming dona yangi yengil avtomobillar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (oktyabr oyiga nisbatan kamayish – 5,9 foiz). Shundan, 1 270 donasi (7,3 foizi) chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillar hisoblanadi.
2-rasm. 2021 yilda birlamchi va ikkilamchi avtomobil bozori
Umuman, yanvar-noyabr oylarida respublika bo‘yicha 169,7 ming dona yangi yengil avtomobillar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Xalilulloh Hamidov, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Sektor mudiri
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi
Izoh qoldirish