“Dolzarb bir oylik” safarbarligi doirasida minglab aholi muammolari o‘z yechimini topdi

“Dolzarb bir oylik” safarbarligi doirasida minglab aholi muammolari o‘z yechimini topdi

Respublika ishchi guruhi Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda poytaxtning har bir tumaniga mas’ullar biriktirilgan holda hududlarda mahallabay tarzda bunyodkorlik, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda bevosita joylarga chiqqan holda aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganib, bartaraf etish bo‘yicha keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, aholi bilan o‘tkazilgan muloqotlarda aniqlangan muammolarning yechimi bo‘yicha ko‘rilgan choralarning natijadorligini oshirish, yechimini kutayotgan muammolarni hal etish maqsadida Respublika ishchi guruhi a’zolari tomonidan poytaxt tumanlarida 100 ga yaqin sayyor qabullar o‘tkazildi. Ularda ko‘tarilgan 1300 ga yaqin masalalardan 345 tasi ijobiy hal etildi. Muayyan vaqt va mablag‘ talab etadigan masalalar bo‘yicha aniq vaqt va ijro muddatlari belgilanib, nazoratga olindi.

Jumladan, kelib tushgan murojaatlar asosida poytaxt tumanlarining ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilash maqsadida o‘tgan davr mobaynida maydoni 390 ming kv. m.ga yaqin ichki yo‘llar, 30 ming kv.m.ga yaqin markaziy ko‘chalar mukammal va joriy ta’mirlanib, asfalt-beton qoplamasi yotqizildi, 20 km.ga yaqin temir-beton novlar va 30 km.dan ziyod yo‘l to‘siqlari ta’mirlandi.

Bundan tashqari, elektr energiya ta’minotini yaxshilash uchun 100 ga yaqin eski sim yog‘ochlarlar yangi beton ustunlarga almashtirildi, 200 km.ga yaqin yangi sip kabel tarmoqlari tortildi, 240 km.dan ziyodi ta’mirlandi. 11 dona yangi transformatorlar o‘rnatidi, 211 donasi joriy va mukammal ta’mirdan chiqarildi.

Ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlarini yaxshilash maqsadida 20 km.ga yaqin quvurlar yangisiga almashtirildi, 5 km. issiqlik tarmog‘i ta’mirlandi.

Shu bilan bilan birga, shahar ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini zamonaviy talab darajasiga olib chiqish uchun 20 dan ziyod, bolalar bog‘chasi, maktablar, shifoxona va poliklinikalar ta’miri olib borildi va foydalanishga topshirildi.

Aholi istiqomat qilayotgan 90 ga yaqin ko‘p qavatli uylarda kamchiliklari bartaraf etildi. Jumladan, 4 ta uyning fasad qismi, 25 ta uyning yerto‘la qismi hamda 36 ta uyning 7, 3 ming kv.m. tom qismi ta’mirlandi, 74 ta yangi lift uskunalari o‘rnatildi.

Respublika ishchi guruhi vakillari boshchiligida “Dolzarb bir oylik” safarbarligi doirasida poytaxtning barcha mahallarida 2 mingdan ziyod turli hil bayram tadbirlari ham tashkil etildi. “Navro‘z” bayrami doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sumalak sayllari, konsert dasturlar, ommaviy sport musobaqalari shular jumlasidan. Ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og‘ir mahallada arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari, mehnat yarmarkalari ham tashkil etildi.

Toshkentning barcha mahalla va ko‘chalarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini tizimli va manzilli tashkil etilib, 1,4 mingdan ziyod ommaviy hasharlar o‘tkazilib, ularda 116 mingdan ortiq aholi vakillari ishtirok etdi. Natijada, 4 mingga yaqin ijtimoiy soha ob’yektlari atroflari obodonlashtirildi, 3 mingga yaqin ko‘chalar chiqindilardan tozalandi, 124 ta qabriston (ziyoratgohlar) obod qilindi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ham poytax hududlarida ko‘chat ekish ishlari tashkil etilib, 600 mingdan ziyod turli hil mevali va manzarali daraxtlar ekildi.

Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etadi.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar