So‘nggi 5 yilda OKMK mis ishlab chiqarish hajmini sezilarli darajada oshirishga erishdi. Xususan, 2017 yilda 109 885 tonna mis ishlab chiqarilgan bo‘lsa, hozirgi kunda kombinat 148,5 ming tonna mis ishlab chiqarmoqda.
“Yoshlik 1 konini uzlashtirish” investitsiya loiyxasi to‘liq ishga tushirilgach. 2029 yilga kelib kombinat 400 ming tonna katodli mis, 50 tonna oltin, 270 tonna kumush ishlab chiqarishga erishadi.
Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan misning 60-70 foizi xomashyo sifatida xorij davlatlariga eksport qilinadi. O‘zbekistonning mis sanoatidan oladigan daromadi ayni paytda 2,5 milliard dollarni tashkil etadi.
«Agar 2029 yilga kelib mis ishlab chiqarishni 400 ming tonnagacha oshirishga erishsak bu ko‘rsatgichni hisobiga 7-8 milliard AQSh dollariga yetkazish mumkin bo‘ladi», — deya ta’kidladi Umida Qarshiboyeva.
Shuningdek, Kombinatning “Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish” birlashmasi negizida mis va nodir metallar asosida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish zanjirini kengaytirish bo‘yicha 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan “Dastur” ishlab chiqildi. Mazkur loyihalarning umumiy qiymati 65 mln.dollarni tashkil etadi.
Bundan tashqari, Angren quvur zavodida ham bir necha turdagi yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish belgilab olindi. Bular - mis nakonechniklari, kapillyar quvurlar, mis fitinglari, polosa qoplamasiga mis halqalari. Shuningdek, ushbu zavodning misni qayta ishlash quvvatlarini bosqichma-bosqich oshirib borish rejalashtirilmoqda. Ayni paytda zavod yiliga 8 ming tonna misni qayta ishlasa, 2022 yilda bu ko‘rsatkich 20 ming tonnaga yetkazilishi kutilmoqda.
Mis sanoati klasteri doirasida fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning yangi tizimi xam yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda kombinatda fan va ishlab chikarish xamkorligi natijasida palladiyni ishlab chiqarish texnologiyasi takomillashtirildi. Natijada palladiyni ajratib olishdagi 54ta jarayon 14 ga kamaytirildi, metallni tozaligi 70% dan 99% gacha yetkazildi.
Mamlakatimiz rahbarining topshirig‘iga ko‘ra, 2026 yilga borib, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan misning 80%i qayta ishlanadi. Bu esa yuqori qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, minglab yangi ish o‘rinlarini yaratilishiga zamin bo‘ladi.
Izoh qoldirish