Shina ishlab chiqaradigan yangi korxonaning 51% aksiyasi “Tatneft” qo‘lida bo‘ladi

Shina ishlab chiqaradigan yangi korxonaning 51% aksiyasi “Tatneft” qo‘lida bo‘ladi

Rossiyaning “Tatneft” kompaniyasi hamda “O‘zkimyosanoat” bilan hamkorlikda Toshkent viloyatidagi “Birinchi rezinotexnika zavodi” bazasida qo‘shma korxona tashkil qiladi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida xabar qilinmoqda.

Yangi korxonaning 51% aksiyalari Rossiya kompaniyasi qo‘lida bo‘ladi hamda korxona “Tatneft”ning shina kompleksi bilan integratsiyalashadi. Ushbu kompleks tarkibida yettita zavod mavjud bo‘lib, ular KAMA TYRES brendi ostida shinalar ishlab chiqaradi.

“Birinchi rezinotexnika zavodi” 2014 yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qarori bilan tashkil qilingan edi. Biroq zavod xarajatlari o‘zini oqlamadi va 2018 yilda yopildi.

“Tatneft” Angrendagi zavodga $200 million hajmida investitsiya kiritadi. Qo‘shma korxona yiliga 3,2 million dona shina ishlab chiqaradi.

“Birinchi rezinotexnika zavodi” O‘zbekistondagi avtomobil va qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun shinalarning davlat buyurtmasi yagona yetkazib beruvchisi (monopol) sanaladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar