Rossiya “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqishga 200 million rubl ajratdi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov mahalliytelekanallardan biriga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
Loyiha 2000 yillarning boshlarida e’lon qilingandi, ammo o‘sha vaqtdan beri amalga oshirilmagan. Ilk g‘oyaga ko‘ra yo‘l Xitoyning Sinszyan provinsiyasidagi Qoshg‘ar shahridan o‘tib, Qirg‘istonning Norin va O‘sh viloyatlari orqali O‘zbekistonning Andijonigacha olib borilishi kerak.
Bunday yo‘nalish bu uch davlatni Turkmaniston, Kaspiy dengizi portlari, Yevropa va hattoki Eron bilan bog‘lashi lozim edi. Uning umumiy uzunligi 268 kilometrni tashkil etishi kerak bo‘lgan.
Ammo ikkita to‘sqinlik bor edi – moliyalashtirish va temir yo‘l izi kengligi: Xitoy xalqaro, Qirg‘iziston va O‘zbekiston esa sovet standartidan foydalanadi.
Shuningdek, tomonlar yo‘nalish borasida yakdil fikrga kelishmagan. O‘shanda yo‘lning yana bir varianti ishlab chiqilgan edi. Poyezdlar Qirg‘istonnning O‘sh shahriga emas, balki janubiy shahri Jalolobodga borishini nazarda tutardi. Biroq Qirg‘iziston hukumati bunday yo‘l mamlakat uchun foydali emas deb hisoblagan edi.
Qirg‘iziston tomoni uzunroq bo‘lgan muqobil yo‘lni taklif qilgan edi. Ammo O‘zbekiston va Xitoy yo‘l juda qisqa bo‘lishi tarafdori edilar.
Endilikda Rossiya barcha tomonlarning manfaatlari hisobga olgan holda temir yo‘li qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asosini ishlab mablag‘ ajratdi. Yaqin kelajakda loyiha amalga oshirilishining imkoniyatlari oshdi.
Izoh qoldirish