Farg‘ona viloyati qishloq xo‘jaligi sohasining 2023 yil yanvar-mart oylari yakunlari

Farg‘ona viloyati qishloq xo‘jaligi sohasining 2023 yil yanvar-mart oylari yakunlari

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-mart oylarida viloyatda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 3 448,6 mlrd.so‘mni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 3 347 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 88,4 mlrd. so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 13,2 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

Viloyat qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 2022 yilning mos davriga nisbatan 103,5%ga o‘sib, respublika ko‘rsatkichi tarkibida Farg‘ona viloyatining ulushi 8,5% tashqil qildi.

Hududlar kesimida viloyat ko‘rsatkichidan (103,5 %) yuqori o‘sish sur’atlari Qo‘qon shahri (127,6%), Oltiariq (119,8%), Furqat (112,5%), Beshariq (108,3%) va Qo‘shtepa (104,9%) tumanlarida kuzatilgan bo‘lsa, Farg‘ona (94,4%), Uchko‘prik (92,3%) va Yozyovon (85,5%) tumanlarida esa aksincha pasayish qayd etildi.

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining eng yuqori hajmi Oltiariq (382,9 mlrd. so‘m) va Farg‘ona (339,6 mlrd. so‘m), O‘zbekiston (260,1 mlrd.so‘m) tumanlarida qayd etildi. Aksincha kam hajmga ega hududlarga So‘x (70,8 mlrd. so‘m) tumanini, Marg‘ilon (79,9 mlrd. so‘m) va Qo‘qon (86,9 mlrd. so‘m) shaharlarini keltirib o‘tish mumkin.

Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 865,3 ming so‘mni tashkil etdi.

Hisobot davrida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 3 300,2 mdrd. so‘mni (yoki o‘tgan 2022 yilning mos davriga nisbatan 103,7%ga o‘sishni), shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari 254,4 mlrd. so‘m va chorvachilik mahsulotlari 3 045,8 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 92,3% chorvachilik, 7,7% dehqonchilik faoliyati hissasiga to‘g‘ri keladi.

Hisobot davrida dehqonchilikda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 7,6 ming tonna sabzavotlar, 798 tonna meva va rezavorlar shuningdek, chorvachilikda tirik vaznda 40,9 ming tonna go‘sht, 221,9 ming tonna sut, 99,5 mln. dona tuxum va 810 tonna baliqchilik ovlandi.

Muzaffar Abdusamatov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Namangan hududiy filiali bosh ilmiy xodimi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar