O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 fevral kuni «Avtotransport vositalarining ichki bozorini rivojlantirishni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Unga ko‘ra, avtomobillarni olib kirishdagi bojxona to‘lovlari stavkalari ikki bosqichda pasaytiriladi. Hujjat imzolangan paytdan boshlab 2023 yil 1 yanvarga qadar bojlar ikki yoki undan ortiq baravarga pasaytiriladi.
2023 yil 1 yanvardan bojxona stavkasi 15 foiz darajasida qoladi, qo‘shimcha koeffitsiyent ham pasaytiriladi.
Bundan tashqari, bojlar faqatgina O‘zbekiston chegarasidan olib o‘tish vaqtida ishlab chiqarilganiga bir yildan oshmagan yangi avtomobillarga taalluqli bo‘ladi (bungacha — 3 yildan oshmagan).
Import bojxona bojlari stavkalari
Izoh qoldirish