O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi avgust oyida ijobiy dinamikani saqlab qoldi

O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi avgust oyida ijobiy dinamikani saqlab qoldi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2026 yil avgust oyida 990 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 1,0 foizga kamaygan (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 29 foizga o‘sish kuzatilgan, Grafik №1).

Joriy yilning avgust oyida IFI komponentlari darajasidagi quyidagi o‘zgarishlar kuzatildi:

- xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisob-varaqlaridagi operatsiyalar soni bo‘yicha komponent 6,2 foizga kamaygan;

- tovar-xom ashyo birjasida xom-ashyo sotib olish jadalligi 2,7 foizga oshgan;

- faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 2,3 foizga ortgan;

- tovar belgilari bo‘yicha komponent 12,5 foizga kamaygan;

Shuningdek, 2026 yil avgust oyida 6 ta hududda IFIning o‘tgan oyga nisbatan o‘sishi kuzatilgan (Grafik №2).

Jumladan, Sirdaryo (37,9 %), Qoraqalpog‘iston (36,6 %), Toshkent sh. (7,6 %), Jizzax (7,2 %), Navoiy (4,5 %) va Xorazmda (2,9 %) sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (Jadval №1, 2). Qolgan 8 ta hududda ushbu ko‘rsatkich kamaygan bo‘lib, Buxoro (-19,5 %), Surxondaryo (-18,6 %), Qashqadaryo (-16,3 %), Namangan (-11,4 %) va Farg‘ona (-10,7 %) viloyatlarida sezilarli kamaygan.

Hisobot davrida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 7185,9 ming tani tashkil etib, 2026 yilning iyul oyiga nisbatan 474,9 ming tranzaksiyaga (-6,2%) kamaygan (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish 18,9 %).

Banklararo to‘lov operatsiyalari soni 14 ta hududda kamaygan. Xususan, Qoraqalpog‘iston (25,3 %), Sirdaryo (24,4 %), Jizzax (21,8 %) va Namanganda (20,2 %) yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan sezilarli kamaygan.

Mazkur kamayish, Markaziy bankning banklararo elektron to‘lov tizimi orqali amalga oshirilgan to‘lov hujjatlarining umumiy soni kamayishi bilan izohlanadi. Bunda 2026 yilning iyul oyiga nisbatan memorial orderlar soni 9,6 foizga (yoki 234,1 mingtaga), to‘lov topshiriqnomalari 3,5 foiz (yoki 167,6 mingtaga), to‘lov talabnomalari 9,8 foiz (yoki 1,9 mingtaga) va inkassa topshiriqnomalari 18,0 foiz (yoki 71,3 mingtaga) kamaygan.

Joriy yilning avgust oyida IFIning birja komponenti 1,0267birlikni tashkil etgan (o‘tgan oyga nisbatan 2,7 foizga ortgan). Bunda, har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlarning o‘rtacha hajmi 21,1 foizga oshganligi va tuzilgan bitimlar soni 15,8 foizga kamayganligi kuzatildi.

Respublika tovar-xom ashyo birjasida asosiy 34 turdagi tovarlar savdosining umumiy qiymati 2026 yil avgust oyida 9 138 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 6 foizga kamaygan.

Bunda, birja savdolardagi ushbu faollikda omuxta yem savdosi hajmining o‘tgan oyga nisbatan 11,4 baravarga, ko‘mir 7,6 baravar, benzin yoqilg‘isi (AI 91) 49 foiz, polipropilen 34 foiz, paxta chigitidan yem (shrot) 31 foiz va texnik urug‘lar savdosining 21 foizga ortishi asosiy omil hisoblanadi.

Hisobot davrida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari komponenti 1,0231 birlikni tashkil etib, oldingi oyga nisbatan 2,3foizga ortgan. Bunda:

- barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni oldingi oyga nisbatan 11 620 birlikka ortib, 547,6 mingtani tashkil etgan;

- yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 143 taga ortib, 4 802 tani tashkil etgan;

- kichik korxonalar soni 10,9 mingtaga ortib, 451,9 mingtaga yetgan. Shuningdek, fyermer xo‘jaliklari soni 575 taga ortib, 90,9 mingtani tashkil etgan.

2026 yilning avgust oyida savdo belgilari bo‘yicha komponent 0,8746 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 12,5foizga kamaygan. Mazkur davrda yuridik shaxslar tomonidan 488 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.

Jadval №1

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

↓990

↓0.9380

↑1.0267

↑1.0231

↓0.8746

Sirdaryo viloyati

↑1379

↓0.9394

↑2.0000

↑1.0336

↓0.7558

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

↑1366

↓0.9067

↑2.0000

↑1.0267

↓0.7469

Toshkent shahri

↑1076

↓0.9380

↑1.2407

↑1.0137

↓0.9559

Jizzax viloyati

↑1072

↓0.8631

↑1.2992

↑1.0309

↓0.7821

Navoiy viloyati

↑1045

↓0.7984

↑1.2789

↑1.0347

↓0.8800

Xorazm viloyati

↑1029

↓0.9559

↑1.0910

↑1.0602

↓0.8106

Samarqand viloyati

↓976

↓0.8511

↑1.0694

↑1.0154

↓0.8922

Andijon viloyati

↓962

↓0.8213

↑1.0541

↑1.0243

↓0.9067

Toshkent viloyati

↓928

↓0.8190

↓0.9710

↑1.0200

↓0.9394

Farg‘ona viloyati

↓893

↓0.8106

↓0.8986

↑1.0226

↓0.8190

Namangan viloyati

↓886

↓0.8922

↓0.8118

↑1.0219

↓0.7984

Qashqadaryo viloyati

↓837

↓0.8800

↓0.6900

↑1.0308

↓0.8631

Surxondaryo viloyati

↓814

↓0.7558

↓0.7485

↑1.0211

↓0.8511

Buxoro viloyati

↓805

↓0.7821

↓0.7054

↑1.0216

↓0.8213

Jadval №2

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

↑1291

↑1.1887

↑1.4711

↑1.1330

↑1.2261

Andijon viloyati

↑1489

↑1.1552

↑2.0000

↑1.1349

↑1.1538

Navoiy viloyati

↑1472

↑1.0375

↑2.0000

↑1.1663

↑1.7500

Surxondaryo viloyati

↑1447

↓0.9745

↑2.0000

↑1.2105

↑1.3333

Xorazm viloyati

↑1425

↓0.9027

↑2.0000

↑1.2180

↑1.3846

Toshkent viloyati

↑1423

↓0.9555

↑2.0000

↑1.1414

↑1.2564

Qashqadaryo viloyati

↑1415

↓0.9901

↑2.0000

↑1.1185

↓0.7333

Jizzax viloyati

↑1403

↓0.9239

↑2.0000

↑1.1820

↓0.6667

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

↑1399

↓0.8749

↑2.0000

↑1.1760

↑1.1429

Namangan viloyati

↑1382

↓0.8882

↑2.0000

↑1.1052

↓0.9375

Buxoro viloyati

↑1382

↓0.9069

↑2.0000

↑1.0931

↓0.8000

Sirdaryo viloyati

↑1331

↓0.7650

↑2.0000

↑1.1197

↓0.5714

Samarqand viloyati

↑1221

↓0.8643

↑1.5572

↑1.1656

↑1.3030

Toshkent shahri

↑1186

↑1.2488

↑1.1577

↑1.1134

↑1.3590

Farg‘ona viloyati

↑1046

↓0.8452

↑1.1750

↑1.1225

↑1.1071

Islombek Saparmatov,

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar