Yil boshidan buyon ishbilarmonlik faolligining maksimal o‘sishi qayd etildi

Yil boshidan buyon ishbilarmonlik faolligining maksimal o‘sishi qayd etildi

Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan.

2023 yilning iyul oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 21,8 foizga oshib, 1218 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:

  • xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 5,3foizga oshgan;
  • faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent deyarli o‘zgarmagan - 0,0 foiz;
  • tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 48,0foizga sezilarli darajada oshgan;
  • tovar belgilari bo‘yicha komponent 25,0foizga oshgan.

Hududlar kesimida Qashqadaryo viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.

2023 yil iyul oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 12 ta hududda o‘tgan oyga (iyun) nisbatan o‘sish kuzatilgan. Qashqadaryo (39,2%), Sirdaryo (36,6%), Xorazm (26,7%) va Surxondaryo (26,1%) viloyatlarida sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (2 - rasm).

Shu bilan birga, ushbu indeks 2 ta hududda pasaygan. Xususan, Jizzax viloyati (- 2,7%) va Toshkent shahrida (- 0,6%) biroz pasayish kuzatildi.

BANK HISOB VARAQALARI BO‘YIChA OPERATsIYaLAR

2023 yil iyul oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 5 321,2 ming tani tashkil etdi va 2023 yilning iyun oyiga nisbatan 268,5 ming tranzaksiyaga (5,3%) oshgan.

Banklararo to‘lov operatsiyalari soni 12 ta hududda oshgan.

2023 yil iyun oyida respublikaning 12 ta hududida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan oshgan. Xususan, sezilarli darajadagi o‘sish Andijon (13,4%), Surxondaryo (11,5%), Xorazm (11,2%), Samarqand (9,5%) va Namangan viloyatlarida kuzatilgan.

Shu bilan birga, Jizzax (- 4,7%) va Sirdaryo (- 1,0%) viloyatida mo‘’tadil darajada pasayish qayd etilgan.

TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK

2023 yilning iyul oyida IFIning birja komponenti 1,4802 birlikni tashkil etdi. Bu esa, ushbu komponentning o‘tgan oyga nisbatan 48,0 foizga oshganligini anglatib, bitimlar sonining qariyib 2 baravarga oshganligi bilan izohlanadi. Shu bilan birga, har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlar o‘rtacha hajmi 3,7 foizga kamaygan.

Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2023 yil iyul oyida 5 735,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 6,7 foizga oshgan.

XO‘JALIK YuRITUVChI SUB’EKTLARNING FAOLLIGI

Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent 2023 yil iyul oyida 0,9996 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 0,04 foizga oshganligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,3 foizga sezilarli darajada kamaygan.

2023 yil iyul oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni 2023 yilning iyun oyiga (515 454 birlik) nisbatan 1 195 taga kamayib, 504 259 birlikni tashkil etgan.

Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 18 taga oshgan.

Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 411 058 tadan 409 988 tagacha kamaygan (pasayish 1 070 ta). Shuningdek, fermer xo‘jaliklari soni ham 90 803 tadan 90 660 tagacha (143 ta) kamaygan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’yektlar soni 3 611 tani tashkil etib, 2023 yilning iyun oyiga nisbatan 18 taga oshgan.

BRENDLARNI RO‘YXATGA OLISh

2023 yil iyul oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha biznes faolligi indeksi 1,2500 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2023 yilning iyun oyiga nisbatan 25,0 foizga oshgan. Joriy yilning iyul oyida yuridik shaxslar tomonidan 50 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

↑1218

↑1,0531

↑1,4802

↓0,9996

↑1,2500

Qashqadaryo viloyati

↑1392

↑1,0637

↑2,0000

↓0,9983

↓0,0000

Sirdaryo viloyati

↑1366

↓0,9898

↑2,0000

↓0,9987

↓0,0000

Xorazm viloyati

↑1267

↑1,1122

↑1,1923

↑1,0058

↑6,0000

Surxondaryo viloyati

↑1261

↑1,1147

↑1,4817

↓0,9924

↑2,0000

Farg‘ona viloyati

↑1190

↑1,0670

↑1,3811

↓0,9966

↑1,5000

Buxoro viloyati

↑1187

↑1,0257

↑1,5287

↓0,9860

↓0,0000

Namangan viloyati

↑1123

↑1,0886

↑1,3080

↓0,9939

↓0,0000

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

↑1076

↑1,0170

↑1,0951

↑1,0114

↑2,0000

Samarqand viloyati

↑1062

↑1,0947

↑1,0752

↓0,9953

↑1,0000

Navoiy viloyati

↑1056

↑1,0310

↑1,1123

↑1,0014

↑1,0000

Andijon viloyati

↑1041

↑1,1342

↑1,0572

↑1,0074

↓0,0000

Toshkent viloyati

↑1027

↑1,0735

↓0,8996

↓0,9994

↑2,4000

Toshkent shahri

↓994

↑1,0438

↓0,9463

↑1,0059

↓0,9545

Jizzax viloyati

↓973

↓0,9529

↑1,0515

↓0,9952

↓0,0000

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

↑1013

↑1,0495

↑1,1200

↓0,8768

↓0,1466

Andijon viloyati

↑1333

↑1,6329

↑1,4992

↓0,7342

↓0,0000

Namangan viloyati

↑1238

↓0,7378

↑2,0000

↓0,8153

↓0,0000

Sirdaryo viloyati

↑1158

↓0,5040

↑2,0000

↓0,8265

↓0,0000

Toshkent shahri

↑1144

↑1,1889

↑1,3040

↓0,9272

↓0,0843

Farg‘ona viloyati

↑1030

↓0,8265

↑1,3545

↓0,8616

↓0,3000

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

↓971

↓0,7805

↑1,2197

↓0,9262

↓0,2000

Samarqand viloyati

↓943

↓0,7384

↑1,1235

↓0,8644

↑1,5000

Surxondaryo viloyati

↓937

↓0,6802

↑1,1238

↓0,8606

↑2,0000

Qashqadaryo viloyati

↓931

↓0,7063

↑1,2536

↓0,8271

↓0,0000

Toshkent viloyati

↓920

↓0,9210

↓0,9928

↓0,8560

↓0,4138

Buxoro viloyati

↓917

↓0,7605

↑1,1059

↓0,9490

↓0,0000

Navoiy viloyati

↓894

↓0,6912

↑1,0476

↓0,9236

↑1,0000

Xorazm viloyati

↓859

↓0,7562

↓0,9040

↓0,9541

↓0,7500

Jizzax viloyati

↓750

↓0,6317

↓0,8321

↓0,8898

↓0,0000

Ruslan Abdullayev

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar