2021 yilning avgust oyida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlarning iste’mol narxlari indeksi (INI) 0,5 % ni tashkil etdi.
Joriy yil boshidan iste’mol sektorida narxlarning o‘sish darajasi 4,8 % ni, o‘rtacha oylik o‘sish darajasi esa 0,6 % ni tashkil etdi. Yillik nisbatda INI o‘sish darajasi 11,1 % ga yetdi.
Oziq-ovqat mahsulotlari
Joriy yilning avgust oyida oziq-ovqat mahsulotlari INI o‘sish darajasi oy davomida 0,7 % ni tashkil etdi. 2020 yilning avgustida ushbu ko‘rsatkich 0,3 % ga va 2019 yilning avgust oyida ushbu ko‘rsatkichning o‘sish sur’ati sezilarliroq bo‘lgan bo‘lib, 2,3 % ga yetgan.
2021 yilning avgust oyida ushbu guruhda yillik INI o‘sish darajasi 15,5 % ni tashkil etdi. Bu 2020 va 2019 yillarning mos davridagi ko‘rsatkichlardan mos ravishda 1,3 va 4,2 foiz bandlarga past bo‘ldi.
Umuman olganda, 2021 yilning dastlabki sakkiz oyida oziq-ovqat mahsulotlari 5,4 % ga qimmatlashib, 2020 yilning mos davridagi ko‘rsatkichdan 0,2 foiz bandga baland va 2019 yilning yanvar-avgustidagi mos ko‘rsatkichdan 1,5 foiz bandga past bo‘ldi.
Nooziq-ovqat mahsulotlari
Joriy yilning avgust oyida nooziq-ovqat mahsulotlar INI o‘sish darajasi oy davomida 0,6 % ni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich 2020-2019 yillarning avgust oyidagi ko‘rsatkichdan mos ravishda 0,2 va 1,5 foiz bandlarga past bo‘lgan.
Ushbu guruhda yillik INI o‘sish darajasi joriy yilning avgustida 8,0 % ga yetib, o‘tgan yilning avgustidagi ko‘rsatkich bilan bir xil va 2019 yil avgustidagi ko‘rsatkichdan 3,5 foiz bandga past bo‘ldi.
2020 yilning dekabriga nisbatan nooziq-ovqatlar 4,2 % ga qimmatlashib, o‘tgan yilning yanvar-avgustidagi ko‘rsatkichdan 0,7 foiz bandga va 2019 yilning mos davridagi ko‘rsatkichdan 3,6 foiz bandga past bo‘ldi.
Xizmatlar
2021 yilning avgust oyida xizmatlar oy davomida 0,2 % ga qimmatlashdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning avgust oyidagi ko‘rsatkichdan 0,2 foiz bandga va 2019 yil avgust oyidagi ko‘rsatkichdan 5,4 foiz bandga past bo‘ldi.
Ushbu guruhda yillik INI 2021 yilning avgust oyida 107,6 % ni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2020 yilning avgustida 107,5 % ni va 2019 yilning avgustida 118,6 % ni tashkil etgan.
2021 yil boshidan xizmatlar 4,5 % ga qimmatlashib, o‘tgan yilning yanvar-avgustidagi ko‘rsatkichdan 0,5 foiz bandga baland va 2019 yilgi mos ko‘rsatkichdan 7,0 foiz bandga past bo‘ldi.
2021 yil yanvar-avgustida narxlar oshishi bo‘yicha yetakchi uchlikdan yog‘-moy mahsulotlari
(1,2 barobar), shakar, qandolat mahsulotlari va desertlar (7,9 %) hamda go‘sht mahsulotlari
(7,6 %) o‘rin olgan.
Yillik nisbatda yog‘-moy mahsulotlari (1,5 barobarga), sabzavotlar, ildizmevalilar, plantaynlar va dukkaklilar (24,7 %), mevalar va yong‘oqlar (21,3 %), go‘sht (15,9 %) sezilarli darajada qimmatlashgan.
Izoh qoldirish