2022 yil 1-yarim yillik yakunlariga ko‘ra viloyat iqtisodiyoti asosiy tarmoqlari yuqori o‘sish sur’atlariga erishdi.
O‘tgan olti oy yakunlariga ko‘ra yalpi hududiy mahsulot (YaHM) hajmi 7,7 trln.so‘mni, o‘sish sur’atlari 105,4% ni, YaHM tarkibidagi qishloq, xo‘jaligi ulushi 32,5%, sanoat ulushi 35%, qurilish ishlari ulushi 7,8%, xizmatlar ulushi 32,5%ni tashkil etdi.
Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish o‘sish sur’atlari 127,8%, chakana savdo aylanmasi 110,8%, xizmatlar 112,3% ni tashkil etdi.
Ko‘pgina asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar respublika o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan yuqori. Jumladan, YaHM hajmida 5-o‘rin, ko‘rsatilgan bozor xizmatlarida 5-o‘rin, qishloq xo‘jaligida 4-o‘rin, asosiy kapitalga investitsiyalarda 4-o‘rin, qurilish sohasida 5-o‘rin, eksportda 5-o‘rinda.
O‘sish sur’atlari va ko‘rsatkichlar respublikada yuqoriligiga qaramasdan ba’zi ko‘rsatkichlarning respublika iqtisodiyotidagi ulushi pastligicha qolmoqda.
Jumladan, sanoat (2,2%), iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda (2,7%), chakana savdoda (1,6%) sohalarida 13-14-o‘rinlarda.
Izoh qoldirish