Ekspertlar viloyatning so‘nggi yilda yuz bergan faol islohotlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi asosiy o‘zgarishlarini taqdim etdi.
Farg‘ona viloyati Respublikaning sharqida, Farg‘ona vodiysining janubida joylashgan. Shimoldan Namangan, Andijon viloyatlari, janub va sharqdan Qirg‘iziston, g‘arbdan Tojikiston Respublikalari bilan chegaradosh.
Farg‘ona viloyati aholi soni eng zich joylashgan hudud hisoblanadi. Viloyat sanoati tarkibi oziq-ovqat, to‘qimachilik mahsulotlari, kimyo mahsulotlari, neftni qayta ishlash boshqa nometal mineral mahsulotlar ishlab chiqarish kabi faoliyat turlaridan tashkil topgan hamda viloyat sanoati yengil sanoat, oziq-ovqat, qurilish materiallari chiqarishga ixtisoslashgan.
Viloyat xizmatlar sohasi tarkibida transport, savdo, moliyaviy, aloqa va axborotlashtirish, ta’lim sohasidagi xizmatlarining ahamiyati yuqori hamda xizmatlar sohasi bo‘yicha savdo, moliyaviy va transport xizmatlari kabi xizmat turlariga ixtisoslashgan.
2017-2020 yillar davomida viloyatning yalpi hududiy mahsuloti (YaHM) 14% ga oshib, 37,6 trln. so‘mni tashkil etdi.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 8,0 trln. so‘mdan 21,7 trln. so‘mga (8% o‘sish) oshdi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish 15% ga, 2016 yildagi 10,0 trln. so‘mdan 2020 yilda 22,1 trln. so‘mgacha o‘sdi.
Viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 56% ga, 2016 yildagi 34,3 mingdan 2020 yilda 53,6 minggacha o‘sdi.
Infratuzilmani rivojlantirish sohasida 2016-2020 yillarda 187 km gaz quvurlari, 26 km avtomobil yo‘llari va 1 620 km suv ta’minoti tarmoqlari yotqizildi.
Besh yil davomida Farg‘ona viloyatida 179 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Shu davr mobaynida viloyatda 4 782 ming kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirildi, maktabgacha ta’lim muassasalarida 12,3 ming, maktablarda 30,1 ming, shifoxonada 2,7 ming o‘ringa mo‘ljallangan koyekalar tashkil etildi.
Viloyatning asosiy “drayver soha”lari sifatida sanoatda, yengil sanoat, qurilish materiallari (qurilish klasteri) ishlab chiqarish, meva-sabzavotlarni qayta ishlash, sanoat zonalarini (kichik sanoat) tashkil qilish, qishloq xo‘jaligida yangi yerlarni o‘zlashtirish, chorvachilik, parrandachilik, bog‘dorchilik, uzumchilik, issiqxona xo‘jaliklari (jumladan, aholi xonadonlarida)ni tashkil qilish, xizmat ko‘rsatish sohasida turizm (ichki turizim, eko turizm, hunarmandchilik), xalqaro avtomagistral yo‘li yoqasida xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, mahallalarda 20 turdagi xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil qilish shuningdek, shahar va tumanlarda infratuzilma va ijtimoiy sohani rivojlantirishning asosiy parametrlari belgilab olindi.
Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 2017-2020 yillar mobaynida jami 1967 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilib ularga 11,9 trln.so‘m mablag‘lar yo‘naltirildi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Izoh qoldirish