Obid Xakimov: “Islohotlar shtabi” Xorazmda samarali ishlamoqda (+video)

Obid Xakimov: “Islohotlar shtabi” Xorazmda samarali ishlamoqda (+video)

2024 yil iyul oyida faoliyati boshlangan “Islohotlar shtabi” doirasida Xorazm viloyatida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etildi. Obid Xakimov ta’kidlashicha, 2017 yildan buyon faqat Xorazm viloyatining o‘ziga 2 milliard dollardan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilingan.

So‘nggi yetti yil ichida viloyatning yalpi hududiy mahsuloti 2,2 barobarga o‘sgan. Ilgari iqtisodiy rivojlanish darajasi past bo‘lgan Xorazm, bugungi kunda mamlakatdagi eng tez o‘sib borayotgan hududlardan biriga aylangan.

2025 yil boshida viloyatda kambag‘allik darajasi 11 foiz atrofida bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda ushbu ko‘rsatkich 6,8 foizgacha pasaygan. Ilgarilari Xorazm yiliga 500 million dollar miqdorida ham investitsiya jalb qila olmagan bo‘lsa, bugun viloyat bir yilda 1,5 milliard dollar sarmoyani o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Shuningdek, “Islohotlar shtabi” so‘nggi uch oyda qiymati 2,4 milliard dollarga teng yangi investitsion loyihalarni amalga oshirdi. Bu jarayonda mahallalar kesimida kompleks tahlillar o‘tkazilib, tadbirkorlar bilan individual tarzda ishlash bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqildi va ular bosqichma-bosqich joriy etilayapti.

Har bir tuman kesimida mavjud iqtisodiy imkoniyatlar, tabiiy resurslar va iloviy rezervlar qayta baholandi. Natijada har bir hudud uchun mos ravishda rivojlantirish dasturlari ishlab chiqilmoqda.

Xorazm viloyatini 2026 yilga tayyorlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan aniq topshiriqlar berildi hamda tegishli takliflar ilgari surildi. Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Islohotlar shtabi” o‘z faoliyatini izchil davom ettiradi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar