Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (CERR) eksperti Shohrux Bobojonov 2016-2021 yillarga mo‘ljallangan qurilish materiallari sanoatining rivojlanishi va erishilgan natijalarga bo‘yicha sharh tayyorladi.
"O‘tgan yillar mobaynida mamlakatimizda qurilish materiallari sanoati zamonaviy, modernizatsiyalashtirilgan, texnik va texnologik jihatdan jihozlangan, energiya tejovchi, iqtisodiy barqaror, raqobatdosh tarmoqqa aylandi", - deyiladi tadqiqotda.
Keyingi yillarda yurtimizda ulkan bunyodkorlik-qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Qurilish ishlari shaharu qishloqlarda jadal olib borilmoqda. Shu bilan bir qatorda yildan-yilga energiya tejamkor, import o‘rnini bosuvchi, innovatsion va yangi turdagi qurilish materiallariga bo‘lgan talab ham ortib bormoqda.
Xususan, qurilish materiallariga bo‘lgan talab nafaqat mahalliy balki jahon bozorlarida ham kun sayin o‘sib boryapti. Ushbu yuqori ichki talabga mos ravishda yurtimizda qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmi so‘nggi yillarda sezilarli darajada oshdi.
Bundan tashqari qurilish materiallari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, mahsulot turini ko‘paytirish maqsadida, mazkur sohada yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
To‘liq sharhni quyidagi havola orqali o‘qishingiz mumkin.
Izoh qoldirish