O‘zbekiston davlat xaridlarida shaffoflikni kuchaytirmoqda, raqobatni kengaytirmoqda va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlamoqda

O‘zbekiston davlat xaridlarida shaffoflikni kuchaytirmoqda, raqobatni kengaytirmoqda va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlamoqda

Qabul qilingan qarorlar «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi maqsadlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, davlat xarajatlarini boshqarishda intizomli, iqtisodiy jihatdan mas’uliyatli va natijaga yo‘naltirilgan yangi yondashuvga o‘tishni aks ettiradi.

Davlat xaridlari hajmi va mavjud muammolar

2024 yilda O‘zbekistonda davlat xaridlarining umumiy hajmi 248,6 trln so‘mni tashkil etgan. Shundan:

  • 133,4 trln so‘m — raqobatli xaridlar,
  • 115,2 trln so‘m — to‘g‘ridan-to‘g‘ri xaridlar,
  • shu jumladan 35 trln so‘m — monopol xaridlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Narxlarni sun’iy oshirish holatlari 2023 yilda 369,9 mlrd so‘m, 2024 yilda esa 370,6 mlrd so‘mni tashkil etgan. Aynan shu holatlar davlat xaridlari tizimida institutsional va texnologik islohotlarni chuqurlashtirish zaruratini ko‘rsatgan

2030 yilgacha belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar

Farmonga muvofiq, 2030 yilga qadar quyidagi natijalarga erishish rejalashtirilgan:

  • raqobatli xaridlar ulushi 2025 yildagi 58%dan 80%ga yetkaziladi;
  • byudjet mablag‘lari iqtisodi 14 trln so‘mdan 25 trln so‘mga oshiriladi;
  • tadbirkorlarning davlat xaridlaridagi ishtiroki 35%dan 70%ga yetkaziladi;
  • mahalliy mahsulotlar ulushi 68%dan 85%ga ko‘tariladi;
  • xaridlar uchun mas’ul xodimlar qamrovi va ochiqlik darajasi 60%dan 98%ga yetkaziladi.

Narxlar nazorati va raqamli mexanizmlar

2026 yil 1 martdan boshlab davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portalida o‘rtacha bozor narxini sun’iy intellekt asosida hisoblab beruvchi elektron modul joriy etiladi. Agar xarid narxi o‘rtacha bozor narxidan:

  • 10%dan ortiq yuqori, yoki
  • 20%dan ortiq past bo‘lsa, bunday xaridlar yuqori xavfli toifaga kiritilib, davlat nazorati organlari tomonidan birinchi darajada tekshiriladi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xaridlarni qisqartirish

2026 yil 1 yanvardan boshlab:

  • to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali xarid qilinadigan 52 turdagi tovar, ish va xizmatlar ro‘yxati bekor qilinadi;
  • shundan 20 tasi qonunchilikka muvofiq tartibga solinadi,
  • 9 ta pozitsiya butunlay chiqarib tashlanadi,
  • 23 ta pozitsiya “taklif so‘rovi” orqali xarid qilinadigan turga o‘tkaziladi

Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash

Islohotlar doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda:

  • mahalliy elektron auksionlar joriy etiladi;
  • kooperatsiya portallari kengaytiriladi;
  • mahalliylashtirish darajasi kamida 30% etib belgilanadi;
  • ayrim hollarda 15–30 kun ichida oldindan to‘lov, avans esa 30%gacha ruxsat etiladi.

Nazorat, audit va javobgarlik

Davlat xaridlarida:

  • omborlarda tovarlarni saqlash muddati 3 oydan oshmasligi shart;
  • har 2 yilda kamida bir marta forenzik audit o‘tkaziladi;
  • audit natijalari 3 kun ichida “Davlat audit” axborot tizimiga kiritiladi;

Shuningdek, davlat xaridlarida yagona xavflar tasnifi, KPI asosida baholash tizimi va har yili 10 fevralgacha hisobot berish tartibi joriy etiladi.

Xulosa

Qabul qilingan chora-tadbirlar davlat xaridlari sohasida ochiq, raqobatli va samarali tizimni shakllantirishga xizmat qiladi. Bu esa har bir byudjet so‘mining iqtisodiy o‘sishga, davlat xizmatlari sifatiga va aholi farovonligini oshirishga yo‘naltirilishini ta’minlaydi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar