Infografika: 2023 yilda O‘zbekistonning Belarus bilan savdosi

Infografika: 2023 yilda O‘zbekistonning Belarus bilan savdosi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) 2023 yil uchun O‘zbekiston va Belorus o‘rtasidagi tashqi savdo aloqalari, mahsulot toifalari bo‘yicha import va eksport hajmlari aks ettirilgan infografikani tayyorladi.

O‘zbekistonning Belorus bilan savdosi ikki tomonlama kelishuvga muvofiq erkin savdo rejimiga bo‘ysunadi.

Belarus tashqi savdo bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi 20 ta asosiy savdo sheriklari qatoriga kiradi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining tahlili shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash o‘sishida ijobiy tendensiya kuzatilmoqda.

2023 yilda O‘zbekistonning Belarus bilan tovar ayirboshlash hajmi 14,7%ga o‘sdi va 620,1 mln.dollarni, eksport esa 119 mln. dollarni, import esa 21,7% ga o‘sib, 501,1 mln. dollarni tashkil etdi. 2023 yilda Belorusdan import qilinadigan mahsulotlarning asosini mashina va uskunalar, sanoat tovarlari, oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat xom ashyolari tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning umumiy tashqi savdo aylanmasida Belarusning ulushi 1,0%, jami eksport – 0,5%, jami import – 1,3%ni tashkil etdi.

Mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish uchun barcha zarur shart-sharoitlar mavjud.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan o‘tkazilgan tahlil shuni ko‘rsatadiki, Belorus bozoriga uchinchi mamlakatlardan import qilinadigan mahsulotlarni yetkazib berishni ko‘paytirish uchun hali amalga oshirilmagan eksport salohiyati mavjud. Bular to‘qimachilik mahsulotlari, mis mahsulotlari, ayrim turdagi elektrotexnika mahsulotlari, meva va sabzavotlar, shu jumladan, quritilgan mevalar, avtomobillar va boshqalar.

O‘zbekistonning Belorusga eksporti hajmi import hajmiga nisbatan 4-5 barobar kamligini hisobga olsak, foydalanilmayotgan eksport salohiyatini ro‘yobga chiqarish o‘zaro savdo-sotiqni muvozanatlashtirishi mumkin.

Jamoatchilik bilan aloqalar va marketing sho‘’basi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar