O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tashqi savdo aloqalari, 2022 yil va joriy yilning 8 oyi davomida mahsulot toifalari bo‘yicha import va eksport hajmini aks ettiruvchi infografika tayyorladi.
O‘zbekistonning Rossiya bilan savdosi ikki tomonlama va ko‘p tomonlama (MDH doirasidagi) kelishuvlarga muvofiq “erkin savdo” rejimida amalga oshiriladi.
Oxirgi 6 yilda O‘zbekistonning Rossiya bilan tovar ayirboshlash hajmi 2017 yildagi 4,73 milliard dollardan 2022 yilda 9,33 milliard dollarga, eksport 2,0 milliard dollardan 3,1 milliard dollarga 1,5 barobarga, import 2,3 barobarga, 2,7 milliard dollardan 6,23 milliard dollarga o‘sdi.
2022 yilda O‘zbekistonning Rossiya bilan tovar ayirboshlash hajmi 23,6 foizga o‘sib, 9329,8 million dollarni tashkil etdi, eksport esa sezilarli darajada 48,4 foizga o‘sib, 3099,1 million dollarni, import 14,1 foizga o‘sib, 6230,7 million dollarni tashkil etdi.
O‘zbekistonning tashqi savdo hamkorlari orasida o‘zaro savdo hajmi bo‘yicha 2022 yilda Rossiya 18,6 foiz tovar ayirboshlash ulushi bilan birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, O‘zbekiston eksportida Rossiyaning ulushi 16,1 foiz, importda esa 20,3 foizni tashkil etdi.
Joriy yilning 8 oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning Rossiya bilan savdo aylanmasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,4 foizga, 6167,9 million dollarga, eksport 5,1 foizga, 1973,5 million dollarga, import 8,5 foizga, 4194,4 million dollarga o‘sdi. O‘zbekistonning umumiy tashqi savdo aylanmasida Rossiyaning ulushi 15,4%, eksportdagi ulushi 12%, importdagi ulushi 17,8%ni tashkil etdi.
Ta’kidlash joizki, joriy yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonning savdo sheriklari bo‘lgan mamlakatlar orasida tovar ayirboshlash hajmi bo‘yicha Rossiya 15,4% ( Xitoy birinchi o‘rinda - 20,7%) ulushi bilan ikkinchi o‘rinni egalladi, ammo shu bilan birga Rossiya 12% ulush bilan O‘zbekiston eksportining umumiy hajmida birinchi o‘rinni egalladi (eksportdagi Xitoy ulushi -10,6%).
Shu munosabat bilan Rossiya O‘zbekiston uchun muhim savdo sherigi hisoblanadi, chunki tayyor qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlarining asosiy qismi Rossiyaga eksport qilinadi.
O‘zbekiston Rossiyaga to‘qimachilik mahsulotlari va kiyim-kechak, yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari, kimyo mahsulotlari, ayrim turdagi sanoat va boshqa tayyor mahsulotlar, shuningdek xizmatlar eksport qiladi. Masalan, joriy yilning yanvar-avgust oylari yakunlariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy yeksportining 42 foizi Rossiyaga eksport qilindi.
O‘z navbatida, O‘zbekiston Rossiyadan ishlab chiqarish ehtiyojlari va iste’mol bozori uchun muhim bo‘lgan mahsulotlar, xususan, sanoat tovarlari, shu jumladan qora va rangli metallar, ulardan tayyorlangan mahsulotlar, mexanik va elektr jihozlari, yog‘och, neft mahsulotlari, kimyo mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek xizmatlarni import qiladi. Masalan, joriy yilning yanvar-avgust oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston sanoat mahsulotlari umumiy importida ushbu turdagi mahsulotlar importining 35,2 foizi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keldi.
2023 yil 1 sentyabr holatiga ko‘ra, Rossiya O‘zbekistonda tashkil etilgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi – 2849 korxona yoki xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar umumiy sonining 22,3 foizi. Shu bilan birga, Rossiya joriy yilning yanvar-avgust oylarida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yangi tashkil etilgan korxonalar soni bo‘yicha ham yetakchi hisoblanadi – 425 korxona.
Joriy yilning birinchi yarmida Rossiya o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar umumiy hajmining 18,8 foizini tashkil etdi. O‘zbekiston iqtisodiyotiga to‘plangan Rossiya investitsiyalarining umumiy hajmi 10 milliard dollardan oshadi.
Izoh qoldirish