Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi aholi o‘rtasida iste’molchilar fikri Indeksini o‘rganish bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazmoqda

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi aholi o‘rtasida iste’molchilar fikri Indeksini o‘rganish bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazmoqda

O‘zbekistonda koronavirusning aholi ijtimoiy-iqtisodiy holatiga ta’siri jarayonlarini, shu jumladan, koronavirus ta’sirini yumshatish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarni baholash bo‘yicha tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Markazga Iste’molchilar kayfiyati indeksini yaratish vazifasi yuklatilgan.

  • Iste’molchilarning kayfiyati indeksi har oyda o‘lchanadigan va e’lon qilinadigan iste’molchilar ishonchi ko‘rsatkichidir. Indeks ikki qismdan iborat - iste’molchilarning hozirgi iqtisodiy vaziyatni baholashlari va ularning taxminlari.

Iste’molchilarning kayfiyati iste’molchilarning o‘z xaridlarini ko‘paytirish / kamaytirishga tayyorligini aniqlaydi.

Markaz IT Park bilan hamkorlikda 8 ta savoldan iborat bo‘lgan telegram-bot ishlab chiqdi. So‘rovni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: https://t.me/consumersentiment_bot

So‘rov O‘zbekistonning ba’zi iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha iste’mol tendensiyalari va iste’molchilarning taxminlarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.

Tadqiqot natijalari kelajakda iste’molchilarning taxminlarini aniqlash orqali aholining iqtisodiy kayfiyatini aniqlash va rivojlanish tendensiyasini bashorat qilish uchun iqtisodiy barometr rolini o‘ynaydi.

Bugungi kunda ko‘plab davlatlar pandemiya sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni doimiy ravishda kuzatib borish va tegishli choralarni ishlab chiqish uchun muvofiqlashtirish mexanizmlarini ishlab chiqishmoqda. Masalan, Avstriyada Iqtisodiyot va raqamlashtirish vazirligi tomonidan COVID-19 ning iqtisodiyotga ta’sirini kuzatuvchi ishchi guruhi tuzilgan. Daniyada hukumat biznes sektori bilan hamkorlikda mavjud muammolarni hal qilishga qaratilgan aniq va maqsadli chora-tadbirlarni muhokama qilish vakolatiga ega bo‘lgan «Hukumat va biznes hamkorlik guruhi» tuzildi. Fransiyada davlat taraqqiyot banklari bilan hamkorlikda korxonalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini faollashtirish bo‘yicha Mintaqaviy maqsadli guruhlar tuzilgan.

Ushbu mamlakatlarda mazkur indeks milliy darajadagi iqtisodiy muloqotning juda muhim qismiga aylandi, shuning uchun ko‘pchilik iste’molchilarning fikrlari aniq va har tomonlama mos deb ko‘pchilik tomonidan baholanadi. Lekin shu bilan birga, iste’molchilarning kayfiyatlarini aniqlash ancha murakkab, chunki iste’molchilarning kayfiyatini bevosita kuzatish bo‘lmaydi. Iste’molchilarning xatti-harakatlarini kuzatish mumkin xolos.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi jamoatchilik bilan aloqalar xizmati

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar