Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Samaqand filiali ekspertlari tomonidan 2022 yil uchun viloyatning mahalliy byudjet daromadalari va ularning manbalari, xarajatlari va ularning yo‘nalish sohalari shuningdek, hududlarga ajaratilgan transfertlar xolatlari o‘rganildi.
Samarqand viloyatining 2022 yil byudjeti va undagi o‘zgarishlar
2022 yil uchun viloyat mahalliy byudjeti daromadlari 3 955,8 mlrd. so‘m, xarajatlari 4 963,8 mlrd. so‘m prognoz qilingan hamda respublika byudjetidan ajratiladigan tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar 1 008, mlrd. so‘m miqdorida tasdiqlangan.
Viloyat byudjetining daromadlar qismi qisman yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i (jami daromad nisbatan 15,9%) va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soliqlari (48,1%), shuningdek, qolgan yakuniy iste’molchilarga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz realizatsiya qilishdagi aksiz solig‘i (4,1%), yuridik shaxslarning mol-mulki (2,3%) va yer soliqlari (3,3%), davlat bojlari (11,0%), davlat tashkilotlarining foyda solig‘i (1,3%), jarimalar, Davlat mulki ob’yektlarini sotishdan olingan daromadlar (1,4%), jarimalar (6,0%), yig‘imlar (6,3%), Davlat foydasiga musodara qilingan mol-mulkni sotishdan tushgan tushumlarning (0,2%) tegishli ravishda o‘tkazib beriladigan qismi hisobidan shakllanadi.
Soliqlar va majburiy to‘lovlarning qolgan qismi va korxonalarning aylanmasidan olinadigan soliq, Davlat mulki bo‘yicha ijara to‘lovlari to‘liqligicha tuman va shaharlarning mahalliy byudjetlarini daromadlari bo‘lib qoladi.
2022 yilda Samarqand viloyatining viloyat byudjetidan hududiy byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar (tashkilot va muassalar) ga taqsimlangan mablag‘lar miqdori 2 809,1 mlrd. so‘mni tashkil qiladi.
Eng ko‘p mablag‘ oluvchi tashkilotlar, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi (21,5%); Xalq ta’limi boshqarmasi (12,2%); Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalar va energitika boshqarmasi (5,4 %); Maktabgacha ta’lim boshqarmasi (3,6%); viloyat hokimligini saqlash xarajatlari (4,7%); Madaniyat boshqarmasiga (2,1%); Turizmni rivojlantirish boshqarmasi (1,2%) va boshqalar.
2022 yilda o‘zgarishlardan biri xarajatlarni amalga oshirishda Respublikadan moliyalashtiriladigan ayrim turdagi xarajatlar, ya’ni umumta’lim muassasalarini, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini, sog‘liqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashga, shuningdek, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga oid tadbirlar doirasida ob’yektlardagi ta’mirlash-tiklash ishlariga doir xarajatlarni; ko‘p kvartirali uy-joy fondiga tutash hududlarni ta’mirlash xarajatlari va issiqlik ta’minoti tashkilotlarining issiqlik tarmoqlari va qozonxona uskunalarini kapital ta’mirlash xarajatlari; Aholining kam ta’minlangan va muhtoj qatlamlariga ko‘rsatiladigan bepul advokatlik xizmatlari xarajatlarini moliyalashtirish mahalliy byudjetlarga o‘tkazildi. Shuningdek, respublikaning barcha tuman va shaharlarining tegishli byudjetlari umumiy xarajatlarning 5 foizini hamda tuman (shahar)lar byudjetlari qo‘shimcha mablag‘larining kamida 30 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Yuridik va jismoniy shaxslardan to‘lanadigan soliqlar va majburiy to‘lovlar, ya’ni: korxonalar aylanmasidan soliq va davlat mulki bo‘yicha ijara to‘lovlari to‘liq (100%) tuman va shaharlar mahalliy byudjetlariga qoladi, yuridik shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari (Samarqand sh., Jomboy t., Samarqand t. – 10%dan), yakuniy iste’molchilarga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz realizatsiya qilishdagi aksiz solig‘i (Samarqand sh. va Samarqand t. - 10%dan Tayloq t. – 20%), yig‘imlar (Samarqand sh., Oqdaryo t. va Samarqand t. - 10%dan Kattaqo‘rg‘on t. – 50%) va boshqa soliqlar ajratmalar sifatida taqsimlangan holda viloyat va tumanlar mahalliy byudjetlarini daromadalarini shakllantiradi.
2022 yilda yuqori byudjetdan tuman (shahar) byudjetlariga 1 171 mlrd. so‘m transfert ajratilishi rejalashtirilgan. Eng ko‘p transfert oladigan tumanlar Urgut (137,4 mlrd. so‘m), Payariq (133,6 mlrd. so‘m) va Pastdarg‘om (89,5 mlrd. so‘m) tumanlari hisoblanadi.
Namangan viloyatining 2022 yil byudjeti va undagi o‘zgarishlar
Markazning Namangan filiali eksperti Shoira Nuriddinova viloyatning byudjetidan sohalarga ko‘ra ajratilgan mablag‘lar miqdori, eng yuqori xarajatga ega hududlar va eng kam byudjet transferi ajratilgan hududlar bo‘yicha ma’lumotni taqdim etdi.
2022 yil uchun prognoz qilingan viloyat mahalliy byudjeti daromadlari 3 268,9 mlrd. so‘m va xarajatlari 4 607,9 mlrd. so‘mni tashkil etadi. Respublika byudjetidan ajratiladigan tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar miqdori 1 704,7 mlrd. so‘mnitashkil etadi.
2022 yil uchun prognoz ko‘rsatkichlariga ko‘ra, Namangan shahri (1 239 mlrd. so‘m), To‘raqo‘rg‘on (336 mlrd. so‘m), Pop (283 mlrd. so‘m), Uychi (209 mlrd. so‘m), Chust (195 mlrd. so‘m) tumanlari daromadi eng yuqori bo‘lgan hududlar hisoblanadi.
Viloyat byudjetining daromad qismi yuridik shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (qisman), davlat bojlari, jarimalar, yig‘imlar, mobil aloqa xizmati, alkogol va tamaki mahsulotlari aksiz solig‘idan tegishli ravishda o‘tkazib beriladigan daromadlar hisobidan shakllanadi.
Joriy yil uchun mahalliy byudjet shahar va tumanlar kesimida tahlil qilinganda, Namangan shahri (517 mlrd. so‘m), Chust (259 mlrd. so‘m), To‘raqo‘rg‘on (236 mlrd. so‘m) va Pop (233,9 mlrd. so‘m) tumanlari eng yuqori xarajatlarga ega hududlar hisoblanadi.
2022 yilda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga xarajatlar mahalliy byudjetning asosiy (65,3%) qismini tashkil etadi. Mazkur xarajatlar sog‘liqni saqlash (32,5%), ijtimoiy himoya (17,3%), maorif (12,7%) hamda madaniyat va sport (2,6%) sohalariga ajratilishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, mahalliy byudjetning xarajatlari quyidagi sohalarga ajratilgan:
- iqtisodiyotga xarajatlar (15,9%)
- markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirishga xarajatlar (7,8%)
- davlat boshqaruv organlarini saqlash (5,0%)
- fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi (2,9%)
- fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlash (1,7%).
Namangan viloyati mahalliy byudjetining jami 1 499 mlrd. so‘mlik qismi sog‘liqni saqlash va tibbiy-ijtimoiy xizmatlar uchun ajratilgan bo‘lsa, ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar va kompensatsiyalar uchun 797 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan. Maorif sohasida asosiy xarajatlar umumiy ta’limga ajratilgan, shuningdek, maktabgacha ta’lim sohasiga 583 mlrd. so‘m va kadrlar tayyorlash uchun 2,5 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan.
Iqtisodiyotga xarajatlar tarkibida cuv xo‘jaligi vazirligi (64%), obodonlashtirish (22,8%) tashkilotlari eng ko‘p ulushga ega ekanligi qayd etilgan. Mahalliy byudjetlarda hokim yordamchilarining tavsiyalari asosida mahalla infratuzilmasini yaxshilash maqsadida taxminan 21 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.
Mahalliy byudjetdan open (open) byudjet uchun ajratilgan mablag‘ miqdori 132 mlrd. so‘mni tashkil etadi.
2022 yilda yuqori byudjetdan ajratiladigan transfertlarning 82,8 mlrd. so‘mi (jami transfertlarning 4,9%i) viloyat byudjetiga, qolgan qismi tuman (shahar)lar mahalliy byudjetiga ajratilgan.
Viloyatning Namangan shahri (jami ajratilgan tranfertlarning 9,3%), Chust (9,2%), To‘raqo‘rg‘on (9,2%), Kosonsoy (8,4%) va Yangiqo‘rg‘on (8,3%) tumanlari eng ko‘p byudjet transferi ajratilgan hududlar hisoblanadi. Norin (7,5%), Pop (7,4%), Namangan (6,6%) va Mingbuloq (5,6%) tumanlariga esa byudjet transferining nisbatan kam qismi ajratilishi belgilangan.
Tahlil to‘ldirilmoqda. Boshqa viloyatlarning mahalliy byudjeti bo‘yicha shu yerda berib boramiz.
Izoh qoldirish