Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonda tadbirkorlik iqlimini o‘rganish bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazmoqda

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonda tadbirkorlik iqlimini o‘rganish bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazmoqda

O‘zbekistonning ishbilarmonlik muhiti indeksi Ifo metodologiyasiga asoslangan bo‘lib, iqtisodiy prognozlarning oldindan ko‘ra bilish qobiliyatini mustahkamlash, shuningdek, davlat va biznesdan o‘z vaqtida javob berishni ta’minlashga mo‘ljallangan. YaIMdan farqli ravishda indeks har oy hisoblab chiqiladi va chop etilib mamlakat iqtisodiyotining pulsi bo‘lib xizmat qiladi.

Indeks ishlab chiqarish, qurilish, ulgurji va chakana savdo sohasidagi kompaniyalarning 2000 ta oylik so‘rovlari namunasiga asoslangan. Kompaniyalar keyingi joriy biznes sharoitlari (joriy biznes vaziyati indeksi) va kelgusi 6 oy istiqbollarini aniqlash (ifo biznes istiqbollari indeksi) bo‘yicha so‘rovda qatnashadilar.

Ta’kidlash lozimki, joriy yilning aprel oyida, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi "Berlin economics" konsalting kompaniyasi ko‘magida biznes iqlim indeksi (Geschäftsklimaindex)ni ishlab chiqish bo‘yicha Germaniya tajribasini o‘rganish uchun Iqtisodiy tadqiqotlar institutida "ifo Institut" (Germaniya) vebinar o‘tkazilgan.

Mazkur vebinar davomida Ifo Indeksini ishlab chiqish, so‘rovnomani tuzish, sektorlarning optimal ulushini aniqlash, so‘rovlarni tashkil etishning amaliy tomoni va ma’lumotlarni tahlil qilish ko‘rsatkichlarini jamlash uchun Ifo formulalari yordamida batafsil ma’lumotlar olindi.

28 aprelda Markaz IT Park bilan hamkorlikda 11 ta savoldan iborat bo‘lgan telegram-bot ishlab chiqdi. So‘rovni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin.

Tadbirkorlik iqlimini o‘rganish bo‘yicha olinadigan ma’lumotlar kompaniyalar tomonidan belgilangan ko‘rsatkichlar natijalariga asoslangan bo‘lib, bu Sizning biznesingiz va biznes sharoitlaringizni xolis baholash imkonini beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar

markazi jamoatchilik bilan aloqalar xizmati

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar