Joriy yilning iyul oyida iste’mol narxlari indeksi (INI) 0,3% ga kamaydi, yil boshidan beri INI 4,3% ga o‘sdi.
Oziq-ovqat mahsulotlari 1,3% ga arzonlashdi, bu birinchi navbatda meva va sabzavotlar (-7,9%) va tuxum (-2,3%) narxlarining pasayishi bilan bog‘liq.
Xususan, iste’mol bozorlarni yangi hosil meva va sabzavotlari bilan to‘ydirish, tarvuz (-28,9%), bodring (-20,2%), olma (-18,6%), pomidor (-14,3%) va nok (-13,6%) kabi mahsulotlar narxlarining pasayishiga olib keldi. Shuningdek, qo‘y va mol go‘shti mahsulotlarining narxi mos ravishda 0,69% va 0,55%ga o‘sdi. Shu bilan birga, limon (7,1%) va sarimsoq piyoz (1,3%) mahsulotlariga karantin davrida talabning ortishi sababli narxlar oshdi.
Nooziq- ovqat mahsulotlari bir oy ichida 0,5%ga oshdi, bunda benzinning birjadagi narxi 5.8% ga oshdi (umumman olganda, yil boshidan benzin narxi 6.72 % ga pasaygan).
Bundan tashqari, qurilish va ta’mirlash ishlari hajmining o‘sishi, qurilish materiallariga talab va narxlarning 1.3% ga o‘sishiga olib keldi. Sement narxi 4.8% ga ko‘tarildi.
Shuningdek, iyul oyida dori-darmon (0.6%), shaxsiy gigiyena vositalari, tozalash va yuvish vositalari (0.3%) narxlari ham oshdi.
Aholiga ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar o‘rtacha 0.4% ga oshdi. Xususan, yo‘lovchi transportida xizmatlar ko‘rsatish 1.4% ga oshdi. Taksi xizmatlar 4.6% ga va marshrut taksi xizmatlari esa 2.3% ga oshdi.
Tibbiy xizmatlar 0.8% ga oshib, shu sektorda narxlarning o‘sishi 0.1% dan 2.1% gacha diapazonni tashkil etdi.
Viloyatlar kesimida barcha viloyatlarda iste’mol indeksining pasayishi kuzatildi: -0.1%(Toshkent sh.) dan 0.8% gacha (Surxandaryo v.). Farg‘ona (3.5%) va Namangan (2.6%) viloyatlarida kartoshka narxi o‘sishi kuzatildi (Respublika bo‘yicha o‘rtacha kartoshka narxi 1.4% ga pasaydi).
Izoh qoldirish