Ayollar – olib borilayotgan siyosat diqqat markazida
2021 yilda O‘zbekiston tarixida birinchi marta milliy parlamentdagi ayollar soni 32%ga yetdi va mamlakat bu ko‘rsatkich bo‘yicha 190 davlat orasidan 37-o‘rinni egalladi. Siyosiy partiyalarda xotin-qizlarning ulushi 44%ga, oliy ta’limda 40%ga, tadbirkorlik faoliyatida 35%ga yetdi. Rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritayotgan ayollarning ulushi 27%ga tenglashib, 6 nafar ayol hokim, bir nafari elchi lavozimiga tayinlandi.
Joriy yilning 1 mart kuni mamlakatimiz Prezidenti tomonidan “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarish va ayollarning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. 7 mart kuni esa Prezidentimizning “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Yurtimizda... ...
Izoh qoldirish