Jizzax viloyati qishloq xo‘jaligi sohasining 2022 yil 1-chorak yakunlari

Jizzax viloyati qishloq xo‘jaligi sohasining 2022 yil 1-chorak yakunlari

2022 yilning yanvar-mart oylarida Jizzax viloyatda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 2 295,8 mlrd.so‘mni tashkil qildi.

Shundan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar –2 188,9 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 64,5 mlrd. so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 42,5 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’atlari 103,0% ni (8-o‘rin), respublikadagi ulushi 6,9% ni (9-o‘rin) tashkil etdi.

Eng yuqori o‘sish sur’atlari Jizzax shahri (113,5%), Forish (110,2%) va Paxtakor (106,0%) tumanlarida qayd etilgan bo‘lsa, Mirzacho‘l tumanida atigi 95,0%ni tashkil etdi.

Jami qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 57,7 foizi Baxmal (19,1%), G‘allaorol (14,5%), Zomin (13,4%) va Sh.Rashidov (10,7%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

YaHM tarkibidagi qishloq xo‘jaligi ulushi 33,0%ni tashkil etib, 2021 yil mos davriga nisbatan 2,9 punktga kamaygan.

Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 1,6 mln.so‘mni (2-o‘rin), o‘sish sur’atlari 100,6%ni (9-o‘rin) tashkil etdi.

Do‘stlik (2,7 mln.so‘m), Baxmal (2,6 mln.so‘m) va Yangiobod (2,1 mln.so‘m) tumanlarida aholi jon boshiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eng yuqori kshrsatkichlarni, Jizzax shahri (0,12 mln.so‘m), Sharof Rashidov (1,0 mln.so‘m) va Zarbdor (0,94 mln.so‘m) tumanlarida eng past ko‘rsatkichlarni qayd etdi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 91,1% chorvachilik hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘simlikchilik mahsulotlari ulushi - 3,6%, o‘rmon xo‘jaligi ulushi – 2,8%, baliq xo‘jaligi ulushi 1,9% va qishloq xo‘jaligida ko‘rsatilgan xizmatlar– 0,6%ni tashkil etdi.

Jumladan, qiymati 1 411 mlrd.so‘mlik 35,6 ming tonna tirik vaznda go‘sht, 526,3 mlr.so‘mlik 116,3 ming tonna sut, 13,3 mln.so‘mlik qoraqo‘l va 115,5 mlrd.so‘mlik boshqa chorvachilik mahsulotlari yetishtirildi.

O‘simlikchilik mahsulotlarining 17,1%, chorvachilik mahsulotlarining 96,8% dehqon xo‘jaliklari tomonidan yetishtirildi.

Jami qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 13 294 ta ga yetib, jami faoliyat yuritayotgan korxonalarning 40,6%ni tashkil etdi.

(4 086 ta kichik korxona va mikrofirmalar, 3 ta yirik korxonalar, 8 933 ta fermer, 232 ta yuridik maqomga ega dehqon va 40 ta boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari)

Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 37 tani tashkil etib, jami XKI korxonalarning 17,2% ni tashkil etadi.

Ulug‘bek Xo‘jaqulov

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jizzax filiali bosh ilmiy xodimi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar