Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari tomonidan 2024 yil yanvar-sentyabr oylarida Jizzax viloyatida xizmatlar sohasi rivojlanish dinamikasi tahlil qilindi.
2024 yil yanvar-sentyabr oylarida Jizzax viloyatida xizmatlar hajmi 13 719,2 mlrd. so‘mni tashkil etgan va 2023 yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 13,2%ga oshgan.
2024 yil yanvar-sentyabr oylarida viloyatning yalpi hududiy mahsuloti tarkibida xizmatlar sohasining ulushi 36%ni tashkil etgan.
2024 yil yanvar-sentyabr oylarida xizmatlar sohasi tarkibida eng katta ulush yashash va ovqatlanish (27,4%), savdo (26,5%), moliyaviy (15,2%) va transport (9,8%) xizmatlariga to‘g‘ri kelgan. Keyingi o‘rinlarni boshqa xizmatlar (5,6%), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (3%) hamda ta’lim (2,8%) xizmatlari egallagan.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2023 yilning shu davriga nisbatan 2024 yil yanvar-sentyabr oylarida barcha xizmat turlarining dinamikasida o‘sish sur’atlari kuzatildi. Jumladan, savdo xizmatlari 28,5%, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar 20,9%, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 16,7%, transport xizmatlari 13,1%, yashash va ovqatlanish xizmatlari 11,4%, kompyuterlar, uy jihozlari, shaxsiy buyumlarni ta’mirlash xizmatlari 9,2%, shaxsiy xizmatlar (sartarosh va go‘zallik saloni xizmatlari) 6,5%, sog‘liqni saqlash 5,9%, boshqa xizmatlar 5,8%, ijara xizmatlari 5,2%, me’morchilik, muhandislik tadqiqotlari, texnik sinov va tahlillar bo‘yicha xizmatlar 3,9%, ta’lim 1,6%, moliyaviy xizmatlar 1,5% ga oshgan.
2024 yilning yanvar-sentyabr oylarida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining 47,7% Jizzax shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan. Hududda ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmidagi eng katta ulushlar bo‘yicha keyingi o‘rinlar Sh.Rashidov (11,2%), G‘allaorol (8,4%) va Zomin (7,3%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Shu bilan birga, hududda ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmida Yangiobod (0,6%), Zafarobod (1,5%) va Arnasoy (1,6%) tumanlarining o‘rni juda kam.
2024 yilning yanvar-sentyabr oylarida xizmatlar sohasida eng yuqori o‘sish sur’atlari G‘allaorol tumani (126,8%) va Jizzax shahrida (116,9%) hamda Zomin (112,6%) tumanlari hamda kuzatilgan.
Elyor Pulatov,
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jizzax filiali bosh ilmiy xodimi
Izoh qoldirish