Jizzaxlik hokim yordamchilari faoliyatining 2022 yil 1-choragi sarhisobi

Jizzaxlik hokim yordamchilari faoliyatining 2022 yil 1-choragi sarhisobi

2022 yil 10 yanvardan viloyatdagi barcha 299 ta mahallalarda hokim yordamchilari o‘z faoliyatlarini boshlashdi.

Tayinlangunga qadar hokim yordamchilarining 53,5% iqtisodiyot, 3% qurilish, 3% qishloq xo‘jaligi tizimlaridan, 12% tadbirkorlar va 28,4% boshqa sohalarda faoliyat ko‘rsatib kelishgan.

Joriy yil 3 oyi davomida hokim yordamchilari tomonidan 239,9 ming xonadonlar to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, online-mahalla.uz platformasiga kiritildi. Xatlov natijalariga ko‘ra xonadonlar 4 toifaga bo‘lindi hamda toifasiga qarab har bir oila bilan individual ishlash yo‘lga qo‘yidi.

1-toifa – daromadi kam, biroq daromad topishga harakat qilayotgan xonadonlar 13 ming (5,4%), 2-toifa – doimiy daromadga ega, qo‘shimcha daromad topish istagidagi xonadonlar 154,9 ming (64,6%), 3-toifa – ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan xonadonlar 12,4 ming (5,2%), 4-toifa – iqtisodiy ahvoli yaxshi va o‘ziga to‘q xonadonlar 59,6 mingtani (24,8%) tashkil etdi.

Viloyatda 2022 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 540 mlrd. so‘m kredit mablag‘lari ajratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan, 1-chorak davomida oilakredit.uz platformasi orqali 25 499 nafar fuqarolardan 845,7 mlrd. so‘mlik arizalar kelib tushgan. 3 724 ta (14,6 %) 179,9 mlrd. so‘mlik arizalar skoring tizimi orqali rad etilgan, hokim yordamchilar tomonidan 16 905 ta (66,3 %) 491,0 mlrd. so‘mlik arizalar ko‘rib chiqilib, 9 036 tasiga (53,5 %) 252,1 mlrd. so‘mlik tavsiyanomalar berilgan. 2022 yil 1 aprelda 3 695 nafar tashabbuskorlarga (40,9 %) 97,2 mlrd.so‘m kredit mablag‘lari ajratib berildi.

Ajratilgan kreditlarning 27,8% xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etish, 16,2% chorvachilik (qo‘ychilik, echkichilik, yilqichilik, tuyachilik)ni rivojlantirish, 13,3% tikuvchilik va 10,3% kichik ishlab chiqarishni tashkil etish uchun, 8,2% issiqxonachilik, 6,7% parrandachilik, 5,2% bog‘dorchilik va uzumchilik, 3,7% quyonchilik, 3,3% asalarichilik, 2,3% urug‘chilik, 1,3% hunarmandchilik, 0,8% baliqchilik va 0,8% limonchilikni rivojlantirish uchun yo‘naltirildi.

Arnasoy (43,6%), Baxmal (31,2%), Do‘stlik (45,8%), Zomin (58%), Paxtakor (29,8%) tumanlari va Jizzax shahrida (28,1%) ajratilgan kredit mablag‘larining asosiy qismi xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish uchun, Zafarobod tumanida ishlab chiqarishni tashkil etish (31,3%) uchun, Mirzacho‘l tumanida issiqxonalar tashkil etish (32,9%) uchun, G‘allaorol tumanda tikuvchillik (25,8%) uchun, Forish tumanida bog‘dorchilik (44,1%) uchun hamda Yangiobod (44,7%), Sh.Rashidov (33,5%), Zarbdor (28%) tumanlarida chorvachilikni rivojlantirish uchun sarflangan.

Joriy yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, hokim yordamchilari tavsiyalariga asosan 4,9 mlrd. so‘m jumladan, Bandlik davlat jamg‘armasidan 1,3 mlrd. so‘m, Jamoat ishlari jamg‘armasidan 1,4 mlrd.so‘m, Fermerlar kengashi mablag‘lari hisobidan 1,6 mlrd.so‘m, «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasidan 487 mln. so‘m va “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan 130 mln. so‘m subsidiya mablag‘lari ajratildi.

2022 yil yanvar-mart oylarida 944 nafar fuqarolar tadbirkorlikka, 2423 nafari kasb-hunarga o‘qitildi. Shundan 38% tikuvchilik, 9,2% pazandalik, 8,5% sartaroshlik, 6,9% qandolatchilik, pazandachilik va karving, 5,9% elektropayvand, elektromontyorlik xizmatlari, 5,7% avtotransport vositalarini ta’mirlash va jihozlash, 5% ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish va boshqarish kabi 21 turdagi kasb-hunarni egallashdi.

Bundan tashqari 9 414 ta fuqarolarga 4615 gektar yer uchastkalari "E-AUKSION" savdo maydonchasi orqali ajratilib berilib, ularning bandligi ta’minlandi.

Chorak davomida 1 217 ta yakka tartibdagi tadbirkor va 1331 ta yuridik shaxs sifatida tadbirkorlik faoliyatlari yo‘lga qo‘yildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida 47,1 ming nafar fuqarolar bandligi ta’minlandi, jumladan, 4,6 ming nafari doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi, 30,7 ming nafari o‘zini-o‘zi band qilgan sifatida rasmiylashtirildi, 2,4 ming nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi, 9,4 ming nafari ijara asosida yer ajratish hisobiga bandligi ta’minlandi.

Ulug‘bek Xo‘jaqulov

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jizzax filiali bosh ilmiy xodimi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar