Ko‘p qavatli uylar oldidagi avturargoh uchun qancha soliq to‘lanishi ma’lum qilindi

Ko‘p qavatli uylar oldidagi avturargoh uchun qancha soliq to‘lanishi ma’lum qilindi

AOKAda Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Shodiyor Ahmedov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ro‘p qavatli uylar oldidagi avturargoh uchun qancha soliq to‘lanishi bo‘yicha ma’lumot berildi.

2021 yildan boshlab, jismoniy shaxslarning ko‘p qavatli uylarga uzviy bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylari mol-mulk solig‘i ob’yektlari qatoriga kiritildi.

Kadastr organi avtomashina turar joylarining kadastr qiymatini belgilaydi. Avtomashina turar joylari uchun xuddi jismoniy shaxs turar uy-joyi uchun to‘lanadigan mol-mulk solig‘i stavkasida, ya’ni kadastr qiymatidan 0,23 foiz stavkada to‘lanadi.

Masalan, avtomashina turar joyining kadastr qiymati 11 mln so‘m. Avtomashina turar joyining yillik mol-mulk solig‘i miqdori — 11 mln so‘m x 0,23% = 25 300 so‘mni tashkil qiladi.

Oldingi yillarda jismoniy shaxslar ushbu noturar joylar uchun yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan stavkada (2%) mol-mulk solig‘ini to‘lar edi. Ya’ni, 11 mln dan 2% = 220 ming so‘m (9 baravar ko‘p).

Eslatib o‘tamiz, Shaharlardagi tirbandlikni kamaytirish va jamoat transporti harakati uchun qulay sharoit yaratish maqsadida O‘zbekistonda transport harakati sohasida yangi tizim joriy etiladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar