Litsenziyalash tartibi “Litsenziya” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi

Litsenziyalash tartibi “Litsenziya” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi

“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–701-son, 14.07.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Qonun bilan 49 ta litsenziyalar, 120 ta ruxsat berish hujjatlari hamda 33 ta xabarnomalarning yakuniy ro‘yxatlari tasdiqlandi.

Qonunga ko‘ra, faoliyatni amalga oshirish hayot va sog‘liqqa, atrof-muhitga zarar, huquqlar va qonuniy manfaatlarga, jamoat xavfsizligiga ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lsa, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari joriy etiladi.

Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish va ular bilan bog‘liq boshqa tartiblar barcha uchun ochiq bo‘lgan “Litsenziya” axborot tizimi (maxsus elektron tizim) orqali amalga oshiriladi.

Yuridik shaxslar filiallari va vakolatxonalari uchun alohida litsenziyalar hamda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar olish talab etilmaydi.

Bunda avval olingan litsenziyalarda va ruxsatnomalarda filiallar va vakolatxonalarning manzillari ko‘rsatiladi.

Filiallar va vakolatxonalar tashkil etgan yuridik shaxslar vakolatli organni maxsus elektron tizim yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali xabardor qiladi.

Litsenziyalar, ruxsat berish hujjati va xabarnomalar reyestrlari faoliyat turi bo‘yicha alohida-alohida maxsus elektron tizimda ochiq elektron shaklda yuritiladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar