Erishilgan kelishuvlar doirasida filialda sun’iy intellekt bo‘yicha zamonaviy ilmiy laboratoriya tashkil etish rejalashtirilgan. Laboratoriya amaliy tadqiqotlar o‘tkazish, intellektual yechimlarni ishlab chiqish va raqamli texnologiyalar sohasida mutaxassislar tayyorlash markaziga aylanadi.
“Sifra” davlat korporatsiyasi sanoatni raqamlashtirishga ixtisoslashgan yetakchi texnologik kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya sun’iy intellekt, katta ma’lumotlarni tahlil qilish va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha yechimlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Uning raqamli mahsulotlari tog‘-kon, metallurgiya va energetika sanoati korxonalarida keng qo‘llanilib, ishlab chiqarish samaradorligi, xavfsizligi va barqarorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Bunday sanoat hamkori bilan hamkorlik MISISning Olmaliq filiali uchun ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, ta’limni iqtisodiyotning real sektori bilan integratsiya qilish va talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
Qo‘shma loyihalarning amalga oshirilishi sanoatga ilg‘or raqamli texnologiyalarni jadal joriy etish va mintaqaning ilmiy salohiyatini mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish