Kam ta’minlangan shaxslarga uy-joy sotib olishlari uchun ipoteka kreditlarining bir qismi davlat byudjetidan ajratiladi

Kam ta’minlangan shaxslarga uy-joy sotib olishlari uchun ipoteka kreditlarining bir qismi davlat byudjetidan ajratiladi

O‘zbekiston davlat byudjetidan kam ta’minlangan jismoniy shaxslarga uy-joy sotib olish uchun kreditlar foiz to‘lovlarning bir qismini qoplash uchun mablag‘lar berishni boshlaydi.

1 martdan boshlab, daromadi yuqori bo‘lmagan shaxslarga ipoteka kreditlari asosida uy-joy sotib olishlari uchun boshlang‘ich badal yoki kredit foiz to‘lovlarining bir qismini qoplab berish maqsadida davlat byudjetidan qaytarib berilmaydigan mablag‘lar ajratish uchun arizalar qabul qilinadi, deyiladi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati bergan xabarda.

Ariza beruvchining arizasi u ro‘yxatga olingan doimiy yashash joyidagi tuman yoki shahar komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.


Quyida subsidiya olish uchun arizani elektron shaklda yuborish haqida videoqo‘llanma

Agar subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchining daromadlariga uning xotini (eri), ular bilan bir uyda birgalikda yashovchi ota-onasi hamda farzandlarining (shu jumladan, asrab olingan farzandlari) daromadlari qo‘shilgandan so‘ng o‘rtacha oylik daromadlari miqdori Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan me’yorlardan kam bo‘lsa, boshqa jismoniy shaxslar daromadlari ham kiritilishi mumkin.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar