Turkmaniston Respublikasidan 15,6 mln kVt·soat elektr energiyasi import qilindi. Respublika iste’molchilariga 223,4 mln kVt·soat, rejadagiga nisbatan 8 foiz ko‘p elektr energiyasi, 145,6 mln kubometr, rejadagiga nisbatan 9 foiz ko‘p tabiiy gaz yetkazib berildi.
Tabiiy gaz bosimining me’yoriy sxemaga qaytgani elektr energiyasi yetkazib berish tizimida 17 fevral sanasidan e’tiboran amalga kiritib kelingan cheklovlarning bekor qilinishini ta’minladi. 8 martdan e’tiboran mamlakatimiz hududlariga elektr energiyasi yetkazib berishda hech qanday cheklovlar qo‘llanilmayapti.
10 mart kuni mamlakatimizdagi 1 ming 325 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari orqali jami 13 million 415 ming kubometr tabiiy gaz sotildi.
Mazkur miqdor 7 mart kuni 14 million 910 ming kubometrni, 8 mart kuni 15 million 12 ming kubometrni, 9 mart kuni esa 15 million 614 ming kubometrni tashkil qildi.
Shuningdek, kecha avtomobillarga gaz quyish stansiyalari orqali jami 270 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazildi.
Aholi va iqtisodiyot tarmoqlari avtobenzin hamda dizel yonilg‘isi bilan mavjud ehtiyojni to‘liq qoplaydigan darajada ta’minlanmoqda. Xususan, 10 mart kuni “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yurtimizdagi barcha avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalariga 661 tonna avtobenzin yetkazib berildi.
Vazirlik tizimidagi tashkilotlar korxonalarida qazib chiqarish va ishlab chiqarish ishlari o‘rnatilgan tartibda olib borilmoqda.
Respublika hududlari bo‘ylab elektr tarmoqlari hamda transformator punktlarida yuklamalarning ortishi hisobiga yuzaga kelayotgan nosozliklar ham tezkor bartaraf etib borilmoqda. Kecha mamlakatimiz bo‘ylab elektr qurilmalarida yuzaga kelgan 5 ta nosozlik bartaraf qilindi.
10 mart kuni elektr ta’minotidagi uzilishlar yuzasidan Energetika vazirligi tizim tashkilotlariga iste’molchilardan 150 ta murojaat kelib tushdi va barchasi maxsus brigadalar tomonidan bartaraf etildi.
Tabiiy hamda suyultirilgan gaz ta’minoti bo‘yicha kelib tushgan 88 ta murojaat bo‘yicha ham tegishli tartibda tezkor chora-tadbirlar ko‘rildi.
Izoh qoldirish