Infografika: Innovatsion «Icraft» loyihasi va mintaqaviy hamkorlik

Infografika: Innovatsion «Icraft» loyihasi va mintaqaviy hamkorlik

Energetika siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri — xalqaro iqlim bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlarni bajarishdir.

Braziliyada o‘tayotgan SOR30 konferensiyasida O‘zbekiston yangi milliy maqsadni e’lon qildi: 2035 yilgacha issiqxona gazlari chiqarilishini 50 foizga kamaytirish.

Bu ko‘rsatkich avval belgilangan 2030 yilgacha 35 foizga qisqartirish majburiyatidan ancha yuqoridir. Shu bilan birga, mamlakat hozirning o‘zidayoq 29 foizlik qisqarishga erishgani qayd etildi.

O‘zbekiston Jahon banki bilan birgalikda dunyodagi birinchi innovatsion ekologiya loyihasi — iCRAFTni amalga oshirishni boshladi. Loyiha doirasida 23 million tonna issiqxona gazlari qisqargani hisobga olindi.

Shuningdek, mamlakatda milliy uglerod kreditlari tizimi joriy etildi va xalqaro savdo maydonida uglerod birliklari ayirboshlash boshlandi.

Sanoatning tezkor transformatsiyasi ham davom etmoqda: 17 ta yirik korxona xalqaro «yashil energiya» sertifikatlash tizimiga o‘tdi va ishlab chiqarish jarayonlarining 30 foizini toza energiya manbalariga moslashtirdi. Ta’kidlanishicha, ikki yil ichida bunday korxonalar soni 100 taga yetadi.

Generatsiya quvvatlarining kengayishi va qayta tiklanadigan energiya manbalarining joriy etilishi xalqaro hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.

Qo‘shni davlatlar bilan energetik hamkorlik mustahkamlanib, yagona mintaqaviy energetika bozorini shakllantirish bo‘yicha qadamlar ko‘rilmoqda. Masalan, kelgusi yili Qirg‘iziston va Qozog‘iston bilan birgalikda «Kambar-Ota GES-1» loyihasini moliyalashtirish boshlanadi. Bu mintaqaning gidroenergetika salohiyatidan samarali foydalanish imkonini yaratadi.

Shu bilan birga, Yevropaga elektr energiyasi eksport qilish uchun «yashil koridor» barpo etish bo‘yicha ishlar izchil davom etmoqda. Bu jarayonda Ozarbayjon va Qozog‘istonning faol harakatlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar