Energiya vazirligi AGTKSh yoqilg‘i quyish shoxobchalarida gazni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni boshladi

Energiya vazirligi AGTKSh yoqilg‘i quyish shoxobchalarida gazni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni boshladi

Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh) ishini sifatli tashkil etish, ularda avtotransportga xizmat ko‘rsatilishini yaxshilash maqsadida siqilgan gaz sotilishi hisobini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda 1070 dan ziyod avtomobilga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh) faoliyat yuritmoqda. Ularning barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash uchun yetkazib berilayotgan gazning zarur hajmini aniq hisob-kitob qilish va ular har kuni avtotransportga quyilayotgan gazga oid ma’lumotlarning shaffofligiga asoslangan bo‘lishi lozim.

Shu bilan birga AGTKShda o‘tkazilayotgan tekshiruvlar davomida gaz o‘lchash uskunasiga AGTKSh egalariga “foyda” keltirishga xizmat qiladigan tashqi ta’sir o‘tkazish bilan bog‘liq holatlar aniqlanmoqda. Gazning bu tarzda talon-toroj qilinishi, shuningdek ayrim AGTKShlarda mijozlarni jalb qilish uchun boshqalarga nisbatan narxlarni vaqtincha kamaytirish imkonini berib, bu esa avtotransport egalarida real narxlar borasida yanglish fikrlashiga olib keladi va odamlarning asossiz noroziliklariga sabab bo‘ladi.

Siqilgan gaz sotilishi hisobini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimi transportirovka vaqtida olinayotgan va yuborilayotgan ma’lumotlarni aniq hisobga olish, gaz oqimi kirimi va chiqimini nazorat qilish imkonini bergani holda hisob jarayonida inson omilini bartaraf etishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari ayniqsa sovuq kunlarda uyi AGTKSh yaqinida joylashgan iste’molchilardan doimiy ravishda gaz bosimi kamayib ketayotganligi to‘g‘risida ko‘plab shikoyatlar kelib tushmoqda. Gaz taqsimotini muvozanatlashtirish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan tizim joriy etilishi bilan mazkur muammo ham bartaraf etiladi.

AGTKShlarda gaz yetkazib berilishi va uning avtotransport vositalariga sotilishi jarayonlarining shaffofligi qonunbuzarliklarga barham berish va ishlarni sifatli yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Bu esa nafaqat aholi, balki tadbirkorlar uchun ham muhim.

AGTKShlarda avtotransport vositalariga sotilgan gaz miqdorini onlayn nazorat qilish joriy etilgach, gaz o‘lchash uskunasi ishiga aralashish mumkin bo‘lmaydi.

Yangi tizimning joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazriligiga gaz oqimini onlayn tartibda nazorat qilish, Davlat soliq qo‘mitasiga esa sotilayotgan mahsulot hisobini shaffof yuritish imkonini beradi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar