EOIIni kuzatish: O‘zbekiston elektrotexnika sanoati uchun imkoniyatlar

EOIIni kuzatish: O‘zbekiston elektrotexnika sanoati uchun imkoniyatlar

2020 yil 11 dekabr oyida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) a’zo davlatlar rahbarlari yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasiga YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

YeOII mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalar

O‘zbekiston YeOIIning barcha mamlakatlari bilan (Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belorussiya va Armaniston) "MDH erkin savdo zonasi to‘g‘risidagi bitim" doirasida boj to‘lovidan ozod etilgan savdo rejimini qo‘llamoqda.

YeOIIning kuzatuvchi mamlakati sifatida, O‘zbekiston YeOII mamlakatlari bozorlariga mahalliy mahsulotlarni yetkazib berishni kengaytirish imkoniyatlarini yanada chuqurroq o‘rganish va eksport qiluvchilar uchun tegishli tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

So‘nggi uch yil ichida O‘zbekistonning YeOII mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 54,5 foizga, eksport 41,7 foizga, import 65,2 foizga oshgan. Shu bilan birga, shuni ta’kidlash joizgi, O‘zbekiston YeOII mamlakatlari bozorlariga xom ashyoni emas, asosan qayta ishlash sanoati va qishloq xo‘jaligining tayyor mahsulotlarini eksport qilmoqda.

O‘zbekistonning YeOII mamlakatlariga eksport ko‘rsatkichlari (million AQSh dollarida)

2017 y.

2018 y.

2019 y.

11 oy

2019 y.

11 oy

2020 y.

Jami, shu jumladan

13893,6

14253,9

17901,7

15854,8

14197,3

Rossiya

2019,2

2117,3

2492,5

2264,0

1323,4

Qozog‘iston

1057,6

1352,2

1429,7

1253,4

818,8

Qirg‘iziston

178,3

269,7

679,0

626,3

685,7

Belarus

27,4

41,3

47,6

42,5

37,7

Armeniya

1,0

3,0

3,0

2,7

4,0

YeOII bilan jami

3283,5

3783,5

4651,8

4188,9

2869,6

YeOII mamlakatlarining umumiy eksportdagi ulushi (%)

23,6

19,3

26,1

26,4

20,2

Manba: Davlat statistika qo‘mitasi

Shunday qilib, O‘zbekiston eksportining qariyb to‘rtdan bir qismi YeOII mamlakatlariga to‘g‘ri keladi va agar biz eksportning umumiy hajmida xom ashyo eksportini hisobga olmasak, unda YeOII mamlakatlari egallab turgan ulushi ancha yuqori bo‘ladi.

Mamlakatimizda yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradigan tarmoqlarni jadal rivojlantirish uchun qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbari ishlab chiqarish sanoatining oldiga eksport hajmini sezilarli darajada oshirish, shu jumladan, 2021 yilda elektrotexnika mahsulotlari eksportini 370 million dollarga yetkazish vazifasini qo‘ydi.

Shu munosabat bilan elektrotexnika sanoati korxonalari tashqi eksport bozorlarida o‘z o‘rnini topishi yoki kengaytirishlari kerak bo‘ladi, ular orasida asosiysi - bu YeOII mamlakatlari bozori.

Elektrotexnika sanoatining rivojlanishi

So‘nggi uch yil ichida elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi 2,5 baravar oshdi.

Maishiy texnika ishlab chiqarishda yuqori o‘sish sur’atlari kuzatilmoqda, masalan, 2019 va 2020 yillarda deyarli 2 baravar ko‘p ishlab chiqarilgan.

Ishlab chiqarilayotgan elektrotexnika mahsulotlari hajmining oshishi bilan eksport ko‘rsatkichlari o‘sib bormoqda. Shunday qilib, so‘nggi uch yil ichida elektrotexnika mahsulotlari eksporti 31,6 foizga o‘sdi, maishiy texnika eksporti esa 2,2 martadan oshdi.

2020 yil oxiriga qadar elektrotexnika mahsulotlari eksporti hajmini 20 foizga ko‘payib, 300,4 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

2020 yil 10 oyi yakunlari bo‘yicha elektrotexnika mahsulotlari eksporti 25,3 foizga, maishiy texnika eksporti esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan deyarli ikki baravarga oshdi.

Elektrotexnika mahsulotlari eksporti ko‘rsatkichlari dinamikasi (million dollar bilan)

Mahsulot turi

2017y.

2018y.

2019y.

10 oy 2019y.

10 oy 2020y.

Maishiy texnika

20,6

26,4

45,3

34,3

66,7

Kabel va elektr uzatish mahsulotlari

146,9

65,5

157,5

101,8

126,7

Transformator va boshqa mahsulotlar

22,1

24,6

47,4

53,9

44,9

Jami

189,7

116,5

250,3

190,0

238,3

Manba: “O‘zeltexsanoat” uyushmasi ma’lumotlari

Elektrotexnika mahsulotlarini eksport qilish geografiyasi yildan yilga kengayib bormoqda, ammo ushbu turdagi mahsulotlar umumiy eksportining uchdan bir qismidan ko‘prog‘iga yetkazib beriladigan asosiy savdo bozorlari MDH mamlakatlari va ularning orasida asosan YeOII mamlakat a’zolari bo‘lib qolmoqda.

2019 yilda YeOII mamlakatlarining eksport qilinadigan maishiy texnika umumiy hajmidagi ulushi 49,4% dan 57,2% gacha, transformator mahsulotlari 45,7% dan 47,3% gacha o‘sdi.

2018-2019 yillarda elektrotexnika mahsulotlarining eksport ko‘rsatkichlari (million dollar bilan)

Mahsulot turi

2018 yilda eksport.

2019 yilda eksport.

jami

YeOIIda

YeOII ulushi (%da)

jami

YeOIIda

YeOII ulishi (%da)

Maishiy texnika

26,5

13,1

49,4

45,3

25,9

57,2

Kabel va elektr uzatish mahsulotlari

65,6

18,1

27,6

157,5

32,9

20,9

Transformator va boshqa mahsulotlar

24,5

11,2

45,7

47,4

22,4

47,3

Jami

116,6

42,4

36,4

250,3

81,2

32,4

Manba: “O‘zeltexsanoat” uyushmasi ma’lumotlari

2020 yilning oxirgi 10 oyida 2019 yilning shu davriga nisbatan, YeOII mamlakatlari elektr mahsulotlarining umumiy eksportidagi ulushi 33,2% dan 40,0% gacha, maishiy texnika ulushi esa 51,9% dan 60,3% gacha o‘sdi, transformator va boshqa mahsulotlari 41,0% dan 53,2% gacha, kabel mahsulotlari esa o‘zgarmadi va 22,7% ni tashkil etdi.

Elektrotexnika mahsulotlarining eksport ko‘rsatkichlari

10 oy ichida 2019-2020 (million dollar bilan)

Mahsulot turi

2019 yilning 10 oyidagi eksport

2020 yilning 10 oyidagi eksport

jami

YeOIIda

YeOII ulushi (%da)

jami

YeOIIda

YeOII ulushi (%da)

Maishiy texnika

34,3

17,8

51,9

66,7

40,2

60,3

Kabel va elektr uzatish mahsulotlari

101,8

23,1

22,7

126,7

28,8

22,7

Transformator va boshqa mahsulotlar

53,9

22,1

41,0

44,9

23,9

53,2

Jami

190,0

63,0

33,2

238,3

92,9

40,0

Manba: “O‘zeltexsanoat” uyushmasi ma’lumotlari

Ta’kidlash joizki, ko‘plab turdagi maishiy texnika uchun eksport qilinadigan mahsulotlarning asosiy ulushi YeOII mamlakatlari, xususan, Qozog‘iston, Rossiya va Qirg‘iziston bozorlariga yetkazib beriladi.

Shunday qilib, 2020 yilning 10 oyidagi natijalarga ko‘ra barcha eksport qilingan "yoritish va vizual signalizatsiya moslamalari"ning - 99,5 %, "oshxona gaz plitalari" ning - 92,8%, "maishiy elektr plitalari"ning - 75,9%; "televizorlar va monitorlar"ning - 60,8% , "changyutgichlar"ning - 68,1% , - "muzlatgichlar"ning - 60,4%, "kir yuvish mashinalari"ning - 52,6%, "elektr kabellari"ning - 49,0%, "transformator mahsulotlari"ning - 42,8% YeOII mamlakatlari bozorlariga yetkazib berildi.

2020 yilning 10 oy davomida YeOII mamlakatlariga elektrotexnika mahsulotlarining

eksport ko‘rsatkichlari bo‘yicha ayrim turlari

Mahsulot turi

Eksport (mln.doll.)

Eksportning umumiy hajmida YeOII davlatlarining ulushi (%)

jami

YeOII davlatlariga

Elektr kabellari

30,0

14,7

49,0

Uy elektr plitalari va isitish moslamalari

17,0

12,9

75,9

Televizorlar, monitorlar

16,9

10,3

60,8

Transformatorlar

14,7

6,3

42,8

Sovutgichlar

10,9

6,6

60,4

Kir yuvish mashinalari

7,7

4,1

52,6

Gaz plitalari

6,6

6,2

92,8

Yorituvchi va vizual signalizatsiya moslamalari

6,5

6,4

99,5

Konditsionerlar

5,1

0,7

14,0

Chang yutgichlar

2,4

1,7

68,1

Manba: Davlat statistika qo‘mitasi

2020 yilning 11 oyi yakunlari bo‘yicha sohaga ishlatilgan investitsiyalar hajmi 151,0 million dollarni tashkil etdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,7 baravar o‘sdi.

Investitsion loyihalarni amalga oshirish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish yangi hajmdagi ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilish imkoniyatlarini kengaytirishni talab qiladi, bu esa elektrotexnika mahsulotlari mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun YeOII bozorining ahamiyatini yanada ham oshiradi.

Kutbitdinov Yu., Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Latofat Bo‘riyeva tarjimasi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar