Namangan viloyatining 2022-yil yanvar-sentyabr oylarida xizmatlar sohasi ko‘rsatgichlari tahlili

Namangan viloyatining 2022-yil yanvar-sentyabr oylarida xizmatlar sohasi ko‘rsatgichlari tahlili

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatda 2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 10 707,6 mlrd. so‘mga yetdi. Taqqoslama ekvivalentda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 116,0 %ni tashkil etdi. Ushbu davr mobaynida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 3 623,4 ming so‘mga yetdi va 2021 yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 113,5%ni tashkil etdi.

Xizmatlar tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari (34%), moliyaviy xizmatlar (17%), transport xizmatlari (17%) tashkil etgan. Xizmatlar umumiy hajmida past ulushlarni ijara xizmatlari (2,0%), sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar (2%), yashash va ovqatlanish xizmatlari (2%), me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar (0,9%) boshqa xizmatlar (3%) tashkil etgan.

Aholi jon boshiga eng katta xizmatlar hajmi Namangan shahrida (6 584,2 ming so‘m), Mingbuloq tumanida ( 3 052,2 ming so‘m) va Namangan tumanida ( 3 003,6 ming so‘m) qayd etildi. Shuningdek, To‘raqo‘rg‘on (2 978,2 ming so‘m), Pop (2 863,1 ming so‘m) va Uychi (2830,2 ming so‘m) tumanlarida ham aholi jon boshiga xizmatlar hajmi salmoqli bo‘ldi. Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlarning eng past ko‘rsatkichi Kosonsoy (2 467,4) va Yangiqo‘rg‘on (2 340,6 ming. so‘m) tumanlarida kuzatildi. Hududlar kesimida jon boshiga xizmatlarning eng yuqori o‘sish sur’ati Namangan shahri (116,9%), Chust tumani (117,1 %) va Kosonsoy tumaniga (111,3%) to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, eng past o‘sish sur’ati Pop tumanida (108%) kuzatildi.

2022- yil yanvar-sentyabr oylarida avtomobil transportida 22,0 mln. tonna yuk tashilgan bo‘lib, yuk aylanmasi 532,8 mln. t-km.ni tashkil qilgan. Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish 2022 yil yanvar-sentyabr 325,7 mln. yo‘lovchini tashkil etdi, yo‘lovchi aylanmasi esa 6 553,1 mln. yo‘lovchi-km.ni tashkil etdi.

Akbarali Abduraxmonov
Iqtisodiy islohotlar va tadqiqotlar markazi
Namangan filiali yetakchi ilmiy xodimi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar