Naslchilik sub’yektlariga soliq to‘lashda bir qator imtiyozlar berildi

Naslchilik sub’yektlariga soliq to‘lashda bir qator imtiyozlar berildi

Naslchilik sub’yektlariga soliq to‘lashda bir qator imtiyozlar berildi, deb ma’lum qilmoqda “O‘zbekchorvanasl” agentligi boshqarma boshlig‘i Nargiza Amanbayeva.

Yangi qabul qilingan qarorga muvofiq qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lovchilari bo‘lgan chorvachilik sub’yektlari o‘z xo‘jaliklarida yetishtirib realizatsiya qilgan yirik va mayda shoxli qoramollarning tirik vaznidagi har 1 kg go‘shtiga 2000 so‘mdan, har 1 litr sutiga 200 so‘mdan subsidiya belgilab berildi.

Parrandachilik xo‘jaliklarida o‘z xo‘jaligida yetishtirgan va realizatsiya qilgan mahsulotining har bir dona tuxum uchun 50 so‘mdan, parranda go‘shtiga 800 so‘mdan, baliqchilik xo‘jaliklariga intensiv usulda yetishtirgan sovuq suv baliqlari: losos, farel va astyor kabi baliq turlarining har bir kg uchun 3000 so‘mdan, boshqa turdagi baliqlarga 1000 so‘mdan subsidiyalar belgilab berildi.

O‘tgan yillarda chet eldan import qilingan hayvonlarga hamda ichki xo‘jaliklarda yetishtirilgan hayvonlarga subsidiya ajratilar edi, bu yildan yangi qaror bilan chorva hayvonlaridan yetishtirilayotgan mahsulotlarga ham subsidiya ajratish belgilandi.

Naslchilik sub’yektlari endilikda foyda solig‘i, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun to‘lanadigan soliqlar soliq stavkasining 50 foizini to‘lashi belgilandi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar