2021 yil 10-17 noyabrgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘zgarishi tahlili viloyatlar, tumanlar va shaharlar kesimida o‘tkazildi.
O‘tgan hafta mobaynida suyakli mol go‘shti va guruch narxlarining pasayishi qayd etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining tezkor ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘rib chiqilayotgan davrda respublika bo‘yicha bir kilogramm suyakli mol go‘shtining o‘rtacha narxi 17 noyabr holatiga ko‘ra 0,1 foizga pasayib, 62 142 so‘mni tashkil qildi. O‘rtacha narxlar darajasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida bir kilogramm uchun 54 656 so‘mdan Xorazm viloyatida 66 185 so‘mgacha bo‘lgan diapazonda bo‘ldi.
Suyakli mol go‘shti narxlarining pasayishi ichki bozorda vaziyatning barqarorlashuvidan dalolat beradi.
Mol go‘shti narxining pasayishi Buxoro (-1,1 foiz), Qashqadaryo (-0,7 foiz), Jizzax (-0,4 foiz), Samarqand (-0,1 foiz) viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida (-0, 6 foizga) kuzatildi.
Viloyatlar kesimida Navoiy, Surxondaryo, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida suyakli mol go‘shti narxi o‘tgan haftaga nisbatan o‘zgarmadi.
Tumanlar kesimida bir kilogramm suyakli mol go‘sht narxining yuqoriligi bo‘yicha Ohangaron (72 500 so‘m/kg), Yangiyo‘l (72 000 so‘m/kg), Quyichirchiq (71 129 so‘m/kg), Xiva (71 000 so‘m) va Urganch (70500 sum/kg) tumanlari top 5 talikdan o‘rin oldi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikada guruchning o‘rtacha narxi tahlil etilayotgan davrda 0,2 foizga pasayib, 17 noyabr holatida bir kilogramm guruch 9 912 so‘mni tashkil qildi. O‘rtacha narxlar darajasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 520 so‘mdan Toshkent shahrida 11 604 so‘mgacha bo‘lgan diapazonda bo‘lgan.
Guruch narxining pasayishi (kilogramm uchun) deyarli barcha hududlarda kuzatildi. Narxlarning pasayishi Surxondaryoda (1,1 foizga), Xorazm (0,8 foizga), Sirdaryo (0,5 foizga), Samarqand (0,4 foizga), Jizzax (0,1 foizga), Buxoro (0,1 foizga) viloyatlarida va shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida (0,8 foizga) kuzatildi.
Tumanlar bo‘yicha bir kilogramm guruch narxining yuqoriligi bo‘yicha Toshloq (12 727 so‘m/kg), Yozyovon (12 700 so‘m/kg), Yangiyo‘l (12 667 so‘m/kg), Yuqorichirchiq (12 500 so‘m/kg) Uchtepa (12 463 so‘m/kg) tumanlari top 5 talikdan o‘rin oldi.
Quyida tahlil qilinayotgan davrda tuxum (o‘n donasi), sut, kartoshka, kungaboqar yog‘i, bug‘doy uni, shakar narxlarining o‘zgarishi keltirilgan.
Joriy yilning 10-17 noyabr kunlari respublika bo‘yicha yuqoridagi barcha mahsulotlarda o‘rtacha narxlarning oshishi kuzatildi: sut (0,3% yoki bir litri 6 338 so‘m), tuxum (0,9% yoki o‘n donasi 11 095 so‘m), kartoshka (2,1% yoki bir kg 4 700 so‘m), kungaboqar yog‘i (0,1% yoki litri 19 485 so‘m), bug‘doy uni (0,4% yoki bir kg 4 995) yoki shakar (0,9% yoki bir kg 8 916 so‘m).
Hududlar kesimida narxlarning eng yuqori o‘sishi quyidagi mahsulotlar uchun qayd etildi:
- tuxum o‘n donasi Buxoro (3,2%), Andijon (1,8%), Toshkent (1,3%), Qashqadaryo (1,3%) viloyatlarida.
- sut Buxoro (2,2 foizga), Jizzax (1,4 foiz), Toshkent (28,3 foiz), Namangan (0,7 foiz) viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida (1,0 foizga);
- shakar Andijon (2,5 foizga), Buxoro (2,0 foizga), Toshkent (1,5 foizga), Jizzax (0,9 foiz), Namangan (0,8 foizga) viloyatlarida, shuningdek, Toshkent shahrida (1,2 foizga);
- kungaboqar yog‘i Jizzax viloyatida (0,1 foizga) va Toshkent shahrida (0,9 foizga);
- un Buxoro (1,3 foizga), Xorazm (0,9 foizga), Sirdaryo (0,7 foizga), Qashqadaryo (0,6 foizga) va Farg‘ona (0,6 foizga) viloyatlarida;
- kartoshka Samarqand (4,2 foizga), Sirdaryo (4,5 foizga) Andijon (3,3 foizga), Buxoro (2,7 foizga), Toshkent (2,2 foizga) viloyatlarida.
O‘zbekistonda ko‘rib chiqilayotgan davrda asosiy iste’mol tovarlari narxlari muhiti kartoshka narxidan tashqari nisbatan past o‘zgaruvchanlik bilan tavsiflanadi. O‘tgan haftaga nisbatan mol go‘shti (suyakli) va guruch narxi biroz pasaydi, kungaboqar yog‘i, sut, bug‘doy uni, shakar va tuxum narxlarining o‘sish dinamikasi sezilarli darajada sekinlashdi.
Malika Jumaniyozova, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Izoh qoldirish