Osiyo taraqqiyot banki ekologik toza transportni ishlab chiqarish sohasida O‘zbekiston bilan hamkorlik qilmoqchi

Osiyo taraqqiyot banki ekologik toza transportni ishlab chiqarish sohasida O‘zbekiston bilan hamkorlik qilmoqchi

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida Osiyo taraqqiyot banki maslahat kengashi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda elektr energiyasi bilan ishlaydigan transport vositalarini ishlab chiqarishni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Maqsad subsidiya ajratishda iqtisodiy oqibatlarni baholash

Osiyo taraqqiyot banki missiyasining maqsadi O‘zbekistonda elektr transportini rivojlantirish siyosati va strategiyasini ishlab chiqishda o‘z maslahatlari bilan ishtirok etishdan iborat. Shuningdek, elektr bilan harakatlanuvchi transportlarning atrof-muhitga ta’sirini tahlil qilish, soliq, tariflash, subsidiya ajratishda iqtisodiy oqibatlarni baholashdir.

Elektr bilan harakatlanuvchi transport vositalari ishlab chiqariladi

Uchrashuvda texnik yordam ko‘rsatishning asosiy yo‘nalishlari, resurslarni tejash, batareyalar ishlab chiqarish, elektr bilan harakatlanuvchi transport vositalarini bosqichma-bosqich joriy etishning asosiy yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi. Bu borada tegishli standartlarni amalga oshirish, zarur infratuzilmani yaratish kerakligi qayd etildi.

Elektr transportini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilmoqda

Eslatib o‘tamiz, mamlakatda elektr transportini rivojlantirish masalalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 22 avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida ko‘rib chiqilmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar