Osiyo taraqqiyot banki ishsizlikni qisqartirishga qaratilgan loyiha uchun 93 mln AQSh dollari ajratadi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi loyiha bosh ijrochisi vazifasini bajaradi.
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda ishsizlikni qisqartirishga qaratilgan loyiha uchun 93 mln AQSh dollari miqdorida kredit ajratishni ma’qulladi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Bandlik va mehnat munosabatlari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari birgalikda ishlab chiqqan loyihaga ko‘ra, 60 ming fuqaro, shu jumladan, 48 ming band bo‘lmagan aholi o‘z kasbiy ko‘nikmalarini yaxshilash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi loyiha bosh ijrochisi vazifasini bajaradi.
Izoh qoldirish