O‘zbekiston — interneti eng arzon mamlakatlar qatoriga kirdi. Bir yil davomida mamlakat ko‘rsatkichlarini 33 pog‘onaga yaxshilab oldi.
Britaniyaning cable.co.uk portali 230 mamlakatdagi internet narxlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, interneti arzonligi bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda 21-o‘rinni egallab turibdi. Portal ma’lumotida keltirilishicha, mamlakatda 1 GB internet uchun eng yuqori narx — 23,75 dollar, o‘rtacha narx — 0,60 dollar, eng past narx — 0,01 dollar. Bir yil davomida O‘zbekiston ko‘rsatkichlarini 33 pog‘onaga yaxshilab oldi.
Eng arzon internetga ega bo‘lgan to‘rt mamlakat:
Isroil — bir GB uchun o‘rtacha 0,05 dollar;
Qirg‘iziston — bir GB uchun o‘rtacha 0,15 dollar;
Fidji — bir GB uchun o‘rtacha 0,19 dollar;
Italiya — bir GB uchun o‘rtacha 0,27 dollar;
Izoh qoldirish