O‘zbekistonda 11 ta yangi gidro elektr stansiyasi quriladi

O‘zbekistonda 11 ta yangi gidro elektr stansiyasi quriladi

O‘zbekistonda 11 ta yangi gidro elektr stansiyasi qurilib, qo‘shimcha 587 megavatt elektr quvvati yaratiladi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 2 maydagi qarori bilan 2017-2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi ma’qullangan edi. Bu dasturga jami 3 milliard 400 million dollarlik 65 loyiha kiritilgan bo‘lib, shundan 34 tasi yangi quvvatlar tashkil etish, 31 tasi mavjudlarini modernizatsiya qilishga qaratilgan. Bugungi kunda 1 ming 100 megavattlik 12 ta loyiha ishga tushirilgan. 950 megavattlik yana 20 ta loyiha yakuniy bosqichda amalga oshirilmoqda.

Joriy yilda umumiy qiymati 1 milliard 420 million dollar bo‘lgan 16 ta loyiha rejalashtirilgan. Xususan, 11 ta yangi gidro elektr stansiyasi qurilib, 587 megavatt elektr quvvati yaratiladi. Qolgan 5 ta loyihaga ko‘ra, mavjud stansiyalar modernizatsiya qilinib, ishlab chiqarish imkoniyati kengaytiriladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar