Pirovard maqsad - xalqimiz roziligi

Pirovard maqsad - xalqimiz roziligi

Ushbu bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari Prezident maslahatchisi G‘ofurjon Mirzayev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi tarkibida Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonalari, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda 20 ga yaqin vazirlik va idora, barcha viloyat, tuman (shahar) tashkilot mas’ullari biriktirilgan.

O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida, ichki yo‘llar infratuzilmasi yo‘nalishida 438 ta ko‘chalarda 44 km asfalt, 188 km yo‘l shag‘al, 3 km yo‘lga beton yotqizilib, 6 850 m2 piyodalar yo‘lagi barpo etildi.

Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 46 km uzunlikdagi yangi elektr tarmog‘i tortildi, 328 dona yoritish moslamalari o‘rnatildi, 36 ta yangi transformator o‘rnatilib, 120 tasi ta’mirlandi, 3 006 ta simyog‘och ustunlarni beton ustunlarga almashtirildi, 695 ta yangi qo‘shimcha temir-beton ustunlar o‘rnatildi.

Ko‘mir va gaz ta’minoti yo‘nalishida 84 ta gaz taqsimlash punkti ta’mirlandi, 3 km uzunlikdagi yangi tabiiy gaz tarmog‘i tortildi, 78 km gaz tarmog‘i ta’mirlandi, 9 212 ta suyultirilgan gaz ballonlari, 598 tonna ko‘mir yetkazib berildi.

Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida 77 km uzunlikdagi yangi suv tarmog‘i tortildi, 9 km ta’mirlandi, 4 ta yangi ichimlik suvi inshooti (skvajina, minora, rezervuar, nasos stansiyasi) o‘rnatildi, 13 tasi ta’mirlandi.

Mahallalarda o‘tkazilgan obodonlashtirish ishlari natijasida 9 013 tonna chiqindilar chiqarib tashlandi.

Mahallalarda 2 325 nafar aholining bandligini ta’minlash choralari ko‘rildi. Jumladan, fuqarolar doimiy ishga joylashtirildi, kasb-hunar o‘rganish uchun o‘qishni boshladi, o‘zini o‘zi bandligi ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashildi. Xususan, 69 nafariga tikuv mashinasi, 32 nafar fuqaroga asbob uskunalar va mehnat qurollari olib berildi, 80 nafariga 103 mln. so‘mlik moddiy yordam berildi, 294 nafar fuqaroga 5 mlrd. 537 mln. so‘m imtiyozli kredit, 155 nafarga 1 mlrd 65 mln so‘mlik subsidiya olishiga ko‘maklashildi.

“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagi 439 nafar fuqaroga 953 mln. so‘mlik turli yordamlar ko‘rsatildi, 14 nafar yakka-yolg‘iz keksalarga ko‘mak berildi.

Aholi salomatligini yaxshilash maqsadida 66 320 nafar shaxs tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rik natijasiga ko‘ra ularning 561 nafariga davolanish uchun order berildi. 7 nafar shaxslarga sihatgoh, sanatoriya va profilaktoriyalarga yo‘llanma berildi. Bundan tashqari, 102 nafar nogironlarga turli yordamlar ko‘rsatildi, 4 mingga yaqin fuqaroga nogironlik aravachasi, protez-ortopediya vositalari, bepul dori-darmon vositalari yetkazib berildi.

Mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yaxshilash borasida ham qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2 542 ta turli tadbirlar tashkil etildi. Xususan, oilalarda farzand tarbiyasi, ma’naviyat va kitobxonlikni targ‘ib qilish, sport tadbirlari musobaqalari tashkil etildi. Shuningdek, “Uch avlod uchrashuvlari”, "Bir nafar nuroniyga o‘n nafar yosh" tadbirlari, madaniy tadbirlar tashkil etildi.

Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar