O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi PF-5886-son Farmoni bilan bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi joriy etildi.
Yangi tartib doirasida qurilgan birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga joylashtirilgan uzoq muddatli mablag‘lar hisobidan 7 927 nafar fuqaroga 1 747 mlrd.so‘m ipoteka kreditlari taqdim etildi.
2021 yil 1 yanvar holatiga tijorat banklari taqdim etgan buyurtmalari asosida davlat byudjetidan 2 659 nafar fuqaroga ipoteka kreditlari bo‘yicha 65,8 mlrd.so‘m subsidiyalar to‘lab berildi. Jumladan, shaharlarda 2 395 nafar fuqaroga boshlang‘ich badal va foizlarni bir qismini qoplash uchun 64,9 mlrd. so‘m hamda qishloq joylarda 264 nafar fuqaroga foizlarni bir qismini qoplash uchun 0,9 mlrd. so‘m ajratildi.
Shu bilan birga, “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” mablag‘lari hisobidan 2020 yil davomida tijorat banklari tomonidan 333 nafar fuqaroga 61,9 mlrd. so‘m kreditlar ajratilgan. Jumladan, birlamchi bozordagi uy-joylar uchun 928,7 mln. so‘m, ikkilamchi bozordagi uy-joylar uchun 60 761,1 mln. so‘m hamda uy-joylarni ta’mirlash uchun 230,0 mln. so‘m kreditlar ajratilgan.
Batafsil – Taqdimotning pdf fayli
Eslatib o‘tamiz, Ipoteka kreditlarining cheklangan miqdori haqida ma’lumo bergandik.
Izoh qoldirish