1 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 533 mingdan ziyod korxona va tashkilot ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shundan 501 mingtasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
2021 yil yanvar-aprel oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 37,4 mingtani tashkil etdi, deya xabar berdi Respublika Davlat statistika qo‘mitasi.
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan bu ko‘rsatkich 8 242 taga oshdi va o‘sish sur’ati 128,3 foizni tashkil etdi.
Hududlar kesimida o‘tgan yilga nisbatan yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarda, Qashqadaryo (2 826 ta), Toshkent shahri ( 1 620 ta), Farg‘ona (1 217 ta) va Buxoro (778 ta) viloyatlarida sezilarli o‘sish kuzatildi.
2021 yil 1 may holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni o‘tgan yilning mos davriga (419 577 ta) nisbatan 82 166 taga oshib, o‘sish sur’ati 119,6 foizni tashkil etdi.
Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar sonining o‘tgan yilga nisbatan sezilarli o‘sishi qayd etildi, xususan, Toshkent shahri (13 958 ta), Samarqand (7 995 ta) va Toshkent (7 564 ta) viloyatlarida.
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimi bo‘yicha o‘tgan yilga nisbatan eng yuqori ko‘rsatkich savdo sohasida – 31 745 ta, sanoat – 15 029 ta, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 12 641 ta, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida esa boshqa sohalarga nisbatan kamroq 1 368 tani tashkil etdi.
Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, so‘nggi uch yil ichida O‘zbekistondagi tadbirkorlik sub’yektlarining taxminan 50 foizi yangi tashkil etilgan.
Hududlar kesimida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik sub’yektlari sonining o‘tgan yilga nisbatan Qashqadaryo (2 797 taga), Toshkent sh. (1 537 taga), Farg‘ona (1 175 taga) va Buxoro (791 taga) viloyatlarida sezilarli o‘sishi kuzatildi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘tgan yilga nisbatan solishtirilganda eng yuqori o‘sish sanoat (2 279 taga) va qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi (1 759 taga)ga to‘g‘ri kelib, axborot va aloqa sohasida esa boshqa sohalarga nisbatan kamroq (392 taga) o‘sish kuzatildi.
2021 yil 1 may holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning salmoqli qismi – 439 927 tasi yoki 87,7 foizi tadbirkorlik subektlari hissasiga to‘g‘ri kelib, o‘sish sur’atlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 122,6 foizni tashkil etdi.
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida eng yuqori o‘sish qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi (140,0 foiz), savdo (128,5 foiz) hamda axborot va aloqa (121,3 foiz) sohalarida kuzatilgan bo‘lsa, hududlar kesimida esa Qashqadaryo (134,6 foiz), Surxondaryo (131,4 foiz), Samarqand (128,3 foiz), Buxoro (125,3 foiz) va Jizzax (124,9 foiz) viloyatlariga to‘g‘ri keldi.
Izoh qoldirish