Davlat statistika qo‘mitasining hisobotiga ko‘ra, 2022 yilning mart oyida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlarning Iste’mol narxlari indeksi (INI) 1,5%ni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 0,8% ga va 2020 yilning mos davrida 1,3%ga qimmatlashgan.
2022 yilning yanvar martida iste’mol bozorida narxlarning o‘sish sur’ati 2,9%ni, o‘rtacha oylik o‘sish sur’ati esa 1,0%ni tashkil etdi.
Yillik nisbatda (2021 yilning mart oyiga nisbatan) iste’mol sektorida narxlarning o‘sish sur’ati 10,5%ga yetdi.
2022 yilning mart oyida narxlar va tariflar oshishi bo‘yicha yetakchilik bir oy oldingi kabi oziq-ovqat mahsulotlariga tegishli bo‘lib, oy davomida ularning narxlari o‘rtacha 2,5%ga oshdi. Ushbu davrda, nooziqovqat mahsulotlar narxlari - 1,1%ga va aholiga pullik xizmatlar - 0,4%ga oshdi.
O‘tgan oydagi kabi oziq-ovqat mahsulotlari yillik nisbatda narxlar oshishi bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Shunday qilib, 2022 yilning martida 2021 yilning martiga nisbatan ularning narxi o‘rtacha 14,5%ga qimmatlashgan. Nooziq-ovqat mahsulotlar va pullik xizmatlar ushbu davrda mos ravishda 8,2% va 6,5%ga qimmatlashdi.
2022 yilning mart oyida yillik nisbatda narxlar oshishi bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni sabzavotlar, ildizmevalilar, plantaynlar va dukkaklilar (34,6 %) va yog‘-moy mahsulotlari (24,2 %) eggallashda davom etmoqda. Yetakchi uchlikka shakar, qandolat mahsulotlari va desertlar (17,8 %) yakun yasadi.
Shuningdek, joriy yilning martida yillik o‘sish sur’ati bo‘yicha o‘n foizlik chegarani mevalar va sabzavotlar (14,5 %), baliq va boshqa dengiz mahsulotlari (12,8 %) va sut, boshqa sut mahsulotlari va tuxum (10,3%) oshib o‘tdi.
Joriy yilning mart oyida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan (meva-sabzavot mahsulotlaridan tashqari) shakar (12,8 %) oylik nisbatda narxlar oshishi bo‘yicha boshqalarga nisbatan sezilarli ustunlik bilan yetakchilik qildi. Shu bilan birga, mamlakatning barcha hududlarida tashkil qilingan bayram yarmarkalari go‘sht, tuxum, o‘simlik yog‘i va boshqa shu kabi mahsulotlarning barqaror taklifini ta’minlash imkonini berdi. O‘z navbatida, bu respublika bo‘yicha ularning narxlariga o‘rtacha darajani ushlab turuvchi ta’sir ko‘rsatdi.
Shakar shuningdek, 2022 yilning yanvar-martida va yillik nisbatda ham narxlar oshishi bo‘yicha yetakchi o‘ringa chiqib, joriy yilning uch oyi davomida 14,5 % ga, 2021- yilning martiga nisbatan esa 36,6 % ga qimmatlashdi.
2022 yilning mart oyida turar joylarga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar va materiallar mos ravishda 1,4 % va 0,4 % ga qimmatlashdi. Turar joylarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq boshqa xizmatlar oy davomida 0,8 % ga qimmatlashdi.
2022 yilning yanvar-marti uchun maishiy chiqindilarni yig‘ish bo‘yicha xizmatlar (3,5 %), yillik nisbatda esa turar joylarga kundalik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va qo‘riqlash xizmatlari (9,9 %) narxlar oshishi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.
Izoh qoldirish