Oktyabr oyida O‘zbekiston iste’mol sektorida inflyasiya 1,3% ni tashkil etdi

Oktyabr oyida O‘zbekiston iste’mol sektorida inflyasiya 1,3% ni tashkil etdi

2021 yilning oktyabr oyida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari indeksi (INI) 1,3 % ni tashkil etdi.

Joriy yil boshidan iste’mol sektorida narxlarning o‘sish darajasi 7,3 % ga, o‘rtacha oylik o‘sish darajasi esa 0,7 % ga yetdi. Yillik nisbatda INI o‘sish darajasi 10,6 % ni tashkil etdi.

2021 yilning oktyabr oyida narxlar va tariflar oshishi bo‘yicha yetakchilik oziq-ovqat mahsulotlariga tegishli bo‘lib, oy davomida ularning narxlari o‘rtacha 1,9 % ga oshdi. Ushbu davrda, nooziq-ovqat mahsulotlar narxlari 1,1 % ga, aholiga pullik xizmatlar narxlari 0,5 % ga oshdi.

Yillik nisbatda, 2021 yilning oktyabrida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 14,0 % ga oshib, uchta asosiy guruhlar orasida narxlar oshishi bo‘yicha yetakchi bo‘ldi. 2020 yilning oktyabr oyidan nooziq-ovqat mahsulotlar narxlari 8,0 % ga, xizmatlar – 8,4 % ga oshgan.

Umuman olganda, 2021 yilning dastlabki o‘n oyi davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxlar oshishi bo‘yicha yetakchilikni ushlab turishda davom etmoqda (8,7 %). Nooziq-ovqat mahsulotlar ushbu davrda 6,1 % ga, xizmatlar – 6,6 % ga qimmatlashgan.

Oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oshishining joriy yilning yanvar-oktyabridagi umumiy INI o‘sishidagi ta’siri ulushi umumiy INI umumi yoshishining 50,4 %iga yetdi (joriy yilning yanvar-sentyabrida 47,5 %). Nooziq-ovqat mahsulotlar hissasiga narxlar o‘zgarishini kuzatish uchun qamrab olingan barcha tovarlar va xizmatlar umumiy ta’sirining 28,8 %i va xizmatlar hissasiga 20,8 % i to‘g‘ri keldi.

Oziq-ovqat mahsulotlari

Joriy yilning oktyabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari INI o‘sish darajasi oy davomida 1,9 % ni tashkil etdi. 2020 yilning oktyabrida ushbu ko‘rsatkich 0,4 foiz bandga va 2019 yilning oktyabr oyida esa 0,9 foiz bandga past bo‘lgan.

2021 yilning oktyabr oyida ushbu guruhda yillik INI o‘sish darajasi 14,0 % ni tashkil etdi. Bu 2020 va 2019 yillarning mos davridagi ko‘rsatkichlardan mos ravishda 3,0 va 4,0 foiz bandlarga past bo‘ldi. Umuman olganda, 2021 yilning dastlabki o‘n oyida oziq-ovqat mahsulotlari 8,7 % ga qimmatlashib, 2020 yilning mos davridagi ko‘rsatkichdan 1,3 foiz bandga va 2019 yilning yanvar-oktyabridagi mos ko‘rsatkichdan 2,7 foiz bandga past bo‘ldi.

Nooziq-ovqat mahsulotlari

Joriy yilning oktyabr oyida nooziq-ovqat mahsulotlar INI o‘sish darajasi oy davomida 1,1 % ni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich ushbu guruh bo‘yicha joriy yil boshidan qayd etilgan qisqa muddatli INI eng yuqorisi bo‘lib, 2020-2019 yillarning oktyabr oyidagi ko‘rsatkichdan mos ravishda 0,3 va 0,4 foiz bandlarga baland bo‘ldi.

Ushbu guruhda yillik INI o‘sish darajasi joriy yilning oktyabridagi 8,0 % ga yetib, o‘tgan yilning oktyabridagi ko‘rsatkichdan 0,3 foiz bandga, 2019 yil oktyabridagi ko‘rsatkichdan 4,2 foiz bandga past bo‘ldi. 2020 yilning dekabriga nisbatan nooziq-ovqatlar 6, 1 % ga qimmatlashib, o‘tgan yilning yanvar-oktyabridagi ko‘rsatkichdan 0,8 foiz bandga va 2019 yilning mos davridagi ko‘rsatkichdan 3,4 foiz bandga past bo‘ldi.

Xizmatlar

2021 yilning oktyabr oyida xizmatlar oy davomida 0,5 % ga qimmatlashdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning oktyabr oyidagi ko‘rsatkichdan 0,2 foiz bandga past va 2019 yil oktyabr oyidagi ko‘rsatkichdan 0,1 foiz bandga baland bo‘ldi.

Ushbu guruhda yillik INI o‘sish sur’ati 2021 yilning oktyabr oyida 8,4 % ni tashkil etib, bu 2020 yilning oktyabridagi ko‘rsatkichdan 2,3 foiz bandga baland va 2019 yilning oktyabridagi ko‘rsatkichdan 11,1 foiz bandga past bo‘ldi. 2021 yil boshidan xizmatlar 6,6 % ga qimmatlashib, o‘tgan yilning yanvar-oktyabridagi ko‘rsatkichdan 1,4 foiz bandga baland va 2019 yilgi mos ko‘rsatkichdan 7,6 foiz bandga past bo‘ldi.

Mahsulotlarning asosiy guruhlari orasida 2021 yilning 10 oyligida narxlar oshishi bo‘yicha yetakchilikda yog‘-moy mahsulotlari (1,2 barobar), go‘sht mahsulotlari (11,6 %) hamda sabzavotlar, ildizmevalilar, plantaynlar va dukkaklilar (10,2 %) o‘rin olgan.

Yillik nisbatda yog‘-moy mahsulotlari, sabzavotlar, ildizmevalilar, plantaynlar va dukkaklilar (1,3 barobarga), mevalar va yong‘oqlar (15,4 %) sezilarli darajada qimmatlashgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar