Qashqadaryo viloyatida jami 814 ta MFY mavjud bo‘lib, aholi soni 4 003 842 nafarni tashkil etadi, shundan 891 033 nafari yoshlar (14-30 yosh) hissasiga to‘g‘ri keladi.
Viloyatda yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2022 yilda qabul qilingan “Yoshlar dasturi” asosida 36 ming nafardan ziyod yoshlarning bandligi ta’minlandi. 12 892 nafar yoshlar doimiy va jamoat ishlariga joylashtirildi. 9 663 nafar yoshlarga 5 542 ga yer maydoni ajratildi. 2 809 nafar yoshlarga bandlikni ta’minlash maqsadida 6 429 mln so‘m subsidiyalar ajratildi. 216 nafar yoshlar tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi orqali ish bilan ta’minlandi. 11 068 nafar yoshlarning tadbirkorlik faoliyati uchun 270 mlrd 313 mln so‘m kredit ajratildi.
Shuningdek, 7 864 nafar yoshlar kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitilib, sertifikat berildi. 2 212 nafar yoshlar "1+1" dasturi asosida tadbirkor va hunarmandlarga biriktirildi.
2022 yil davomida viloyatda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 22 ming 488 nafar yoshlarning 21 ming 447 nafariga (90,8% reyting) amaliy yordam ko‘rsatilib, ijtimoiy muammolari hal etilgan.
“YoShLAR DAFTARI” jamg‘armasiga 42,6 mlrd. so‘m mablag‘ shakllantirildi, 37,8 mlrd. so‘m “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga amaliy yordam ko‘rsatilib, ijtimoiy muammolari hal etish uchun sarflandi.
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan 5 488 nafar yoshlarning To‘lov-kontrakti, 1 236 nafar yoshlarning Safarbarlik chaqiruvi rezervi, 1 044 nafar yoshlarning Haydovchilik guvohnomasi uchun to‘lovlari berildi. Shuningdek, 4 035 nafar yoshlarga mehnat qurollari uchun subsidiya ajratilganlar. 1 420 nafar yoshlarning davolanish xarajatlari qoplab berildi. 663 nafar yoshlar NTMda kasb-hunar va tadbirkorlikka, 590 nafar yoshlar “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida zamonaviy kasblar va chet tiliga o‘qitildi;
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida 2022 yilning aprel-may, iyun oylarida “Besh bosqichli besh tashabbus” olimpiadasining 1-mavsumi o‘tkazildi. Mazkur olimpiadada viloyat miqyosida 135 mingdan ziyod yoshlarni qamrab oldi. Jumladan, olimpiada doirasida yoshlarning musiqa va san’atga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Bo‘zatov iqtidorlarni kashf etadi” shiori ostida “Yoshlar ovozi” Bo‘zatov festivali tanlovi o‘tkazilib, qashqadaryolik 12 nafar yoshning, 4 nafari faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi va 120 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Voleybol sport musobaqasining Respublika bosqichida 16-21 yosh toifasi bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Denov MFY jamoasi 1-o‘rinni egallab 100 mln pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Yengil atletika sport musobaqasining Respublika bosqichida 16-21 yosh toifasi bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida Shahrisabz tumanining Chorshanbe MFY jamoasi 1-o‘rin g‘olibi bo‘lishdi.
Shashka sport musobaqasining Respublika bosqichida Mirishkor tumanining Oqmachit MFY yoshi faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Stol tennis sport musoboqasining 16-21 yosh toifasi bo‘yicha Respublika bosqichida G‘uzor tumanining Xalqobod MFY yoshi faxrli 1 o‘rinni egalladi.
Kibersport turing PES-yo‘nalishi bo‘yicha Yakkabog‘ tumaninig yoshlari faxrli 3-o‘rinni ko‘lga kiritib viloyat sha’nini himoya qilishdi.
“Besh bosqichli besh tashabbus” olimpiadasining 2-mavsumi mahalla-sektor-tuman hamda viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Jami 317 ming 590 nafar o‘g‘il-qiz ishtirok etgan musobaqalar davomida sportning 8 ta yo‘nalishi bo‘yicha 315 nafar yoshlar Respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Ma’naviy va ma’rifiy yo‘nalish bo‘yicha jami 168 nafar yoshlar, IT sohasi bo‘yicha 36 nafar, tengdoshlarini kitobxonlikka kenga jalb qilish bo‘yicha 30 nafar va boshqa yo‘nalishlar bilan birga jami 549 nafar yoshlar Respublika boqichiga yo‘llanmani ko‘lga kiritdi.
Musobaqalarning II-mavsumi, respublika (final) bosqichida viloyat yoshlari 10 ta oltin, 4 ta kumush, 9 ta bronza, umumiy hisobda 23 ta medallar bilan respublikada faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Qashqadaryo viloyatida 2022 yilda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida 14 mlrd. 823 mln. so‘mlik 15 806 ta inventar, jihozlar va jamlanmalar ajratildi. Shu bilan birga 18 995 ta to‘garaklar tashkil etilib, 249 490 nafar yoshlar jalb etildi.
Yoshlarning ta’lim olishlariga har tomonlama ko‘maklashish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida chet tillari bo‘yicha yuqori ball olgan yoshlarning xalqaro sertifikat xarajatlarini qoplab berish tizimi joriy etildi.
Buning hisobiga, 2022 yilning o‘zida chet tillaridan 7 va undan yuqori ball olgan 259 nafar yoshlarning xalqaro sertifikat xarajatlari qoplab berildi (417,3 mln so‘m).
"Yoshlar daftari"ga kiritilgan 5 488 nafar yoshlarning To‘lov-kontrakti to‘lab berildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 2 barobar ko‘p.
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va huquqiy savodxonlikni oshirish yo‘nalishida 814 ta mahallada mahalla yetakchilari tomonidan 4 ming 985 ta loyihalarda 101 ming 500 nafar yoshlar qamrab olindi.
Shuningdek, yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan 814 ta mahallalarda “Qalqon” guruhlari shakllantirilib, ushbu guruhlarda mahalalarda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda yoshlar yetakchilarining profilaktika inspektorlariga ko‘maklashishi belgilandi.
Qashqadaryo viloyatidagi mahallalarda jami 4 900 nafar ko‘ngilli yoshlardan iborat “Qalqon” guruhlari tomonidan mahalla yetakchisi va profilaktika inspektori bilan hamkorlikda kunlik faoliyat yuritilib, 3 681 ta profilaktik tadbirlar tashkil etildi. Shulardan 1 545 tasi sport tadbirlari, 983 tasi madaniy tadbirlar, 1 153 tasi ma’rifiy tadbirlar tashkil etadi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasasida, Texnikum, Kasb-hunar maktabi, Tashkilotlarda, Mahallalarda 10484 marotaba uchrashuvlar o‘tkazildi. Buning natijasida mahalla hududidagi jinoyatchilik va huquqbuzarlik xolatlarining barvaqt oldini olishga hissa qo‘shildi.
Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 100 dan ortiq loyihalar amalga oshirilib, ushbu loyihalarda 1 500 dan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar qamrab olindi.
Jumladan, viloyatdagi 10 dan ortiq davolanishga muhtoj yoshlarga patronaj xizmatlari orqali yordam ko‘rsatilib, jarrohlik muolajalariga ko‘mak berildi.
Shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda nogironligi bo‘lgan ko‘plab yoshlarni o‘qish xarajatlari qoplab berildi. Vazirlar Mahkamasining 341-sonli qaroriga muvofiq ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda nogironligi bo‘lgan 15 nafar yoshlarning o‘qish, o‘qish davridagi transport xarajatlari hamda asbob-uskuna xarajatlari subsidiya orqali qoplab berildi.
Har bir mahallada ajrim yoqasiga kelib qolgan yosh oilalar mahalla yetakchilari yordamida aniqlanib, ro‘yxatlari shakllantirildi.
Bundan tashqari Ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda nogironligi bo‘lgan yoshlar ishtirokida ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Buxoro hamda Shahrisabz shahriga sayohat uyushtirildi.
Izoh qoldirish