2023 yilning 9 oy mobaynida viloyatning tashqi savdo aylanmasi $463,6 mln.ni (respublikadagi ulushi 1,7%) tashkil qilib, 2022 yilga nisbatan 11,38%ga o‘sdi. Tashqi savdoda eksportning ulushi 64,5% (2022 yilga nisbatan 134,7%)ni, import esa 34,5% (85,4%)ni tashkil etgan.
Qashqadaryo viloyati jahonning 72 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Tashqi savdo aloqalarining nisbatan salmoqli hissasi XXR (19,4%), Turkiya (17,5%), Rossiya Federatsiyasi (15,4%), BAA (7,4%), Qozog‘iston (6,3%), Pokiston (3,8%) va Latviyada (3,4%) qayd etilgan.
Viloyat tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori ulushni Kasbi tumani 19,5% ulush bilan 90,3 mln AQSh dollarini, eng quyi ulushni esa Shahrisabz shahri 1,0% ulush bilan 4,8 mln AQSh dollarini tashkil etgan.
Eksport. Tahlil qilinayotgan davr mobaynida eksport hajmi $299,2 mln.ni tashkil qilgan. Eksport tarkibida sanoat mahsulotlari – 56%, oziq-ovqat mahsulotlari – 13,7%, mineral yoqilg‘i, yog‘lash moylari – 16,4%, nooziq-ovqat xom-ashyolar (yoqilg‘idan tashqari) – 8%, tayyor buyumlar – 3%, mashina va uskunalar – 1,9%ni tashkil etgan.
2023 - yil yanvar-sentyabr oylarida tashqi savdo aylanmasida tovarlar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkorlar Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, BAA, XXR, Pokiston, Qozog‘iston va Polsha kabi davlatlar bo‘lgan. Ularning umumiy eksportdagi ulushi 75,7%ni tashkil etdi.
Shuningdek, eksport tarkibida MDH davlatlarining ulushi 28,8%ni tashkil qilgan.
Import. Tahlil qilinayotgan davr mobaynida import hajmi $164,4 mlnni (respublikadagi ulushi 0,6%) tashkil qilgan. Import tarkibida mashina va transport asbob-uskunalari – 54,4%, sanoat tovarlari – 12,5%, oziq-ovqat mahsulotlari – 8,1%, kimyoviy vositalar – 10,4%, mineral yoqilg‘i, yog‘lash moylari – 5,9%, nooziq-ovqat xom-ashyolar (yoqilg‘idan tashqari) – 3,9%, tayyor buyumlar – 3,3%ni tashkil qilgan.
2023 - yil yanvar-sentyabr oylarida Qashqadaryo viloyati 59 ta davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirdi. Yetti yirik hamkor davlatlar (XXR, Rossiya Federatsiyasi, Latviya, Qozog‘iston, Turkiya, Germaniya va Koreya Respublikasi) jami importning 81,7 %ni tashkil etdi. Import tarkibida MDH davlatlarining ulushi esa 27%ni tashkil qilgan.
Izoh qoldirish