Qimmatli qog‘ozlar bozori muammolari va ularning yechimi: O‘zbekiston kapital bozori haqida
Bugungi kunda aholining aksariyat qismi moliya sektoriga, ayniqsa, qimmatli qog‘ozlar bozoriga ishonchsizlik va shubha bilan qaramoqda. O‘zbekistonda aholining moliyaviy savodxonligi yetarli darajada emas va bu fuqarolarning uzoq muddatli moliyaviy rejalar tuzish, mablag‘larni samarali jamg‘arish va kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishga qodir emasligida namoyon bo‘lmoqda. Mutaxassisning fikricha, aholining moliyaviy savodxonligi darajasini oshirish uchun maxsus dastur ishlab chiqish maqsadga muvofiq.
Izoh qoldirish