Respublika ishchi guruhi So‘xda

Respublika ishchi guruhi So‘xda

Bevosita ushbu jarayonga Prezident maslahatchisi o‘rinbosari boshchiligida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Xalq qabulxonalarining mas’ul xodimlari, 15 ta respublika vazirlik va idoralari hamda viloyat, tuman va shahar sektorlari, sohaviy tashkilotlar rahbarlari jalb etilgan.

Bu boradagi ishlar samaradorligi esa Farg‘ona viloyatining olis So‘x tumanida ham bugun mazkur hudud aholisini mamnun etmoqda. Xususan, Respublika ishchi guruhi mas’ullari ishtirokida tumanning 15 ta ob’yektlarda qurilish-montaj ishlari bajarildi va 8 ta ob’yektlar foydalanishga topshirildi.

Jumladan, ichki yo‘llar qurish va ta’mirlash bo‘yicha rejadagi 11 ta ob’yektdan 45 km asfaltlash ishlari bajarilib, foydalanishga topshirildi, qolgan 2 ta obektlarda qurilish ishlari olib borilmoqda.

Elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha 1 ta ob’yekt, “Guliston” MFY hududiga yangi 6.6 km tarmoq tortish, 2 dona transformator va 221 dona temirbeton tayanchlarni o‘rnatish ishlari bajarilib, yakuniga yetkazildi.

Sug‘orish suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha 1 ob’yekt, “Qizilqiyoq” MFY hududiga sug‘orish suv tarmoqlarni tortish ob’yektida qurilish-montaj ishlari bajarilib, tarmoq tortish ishlari yakunlandi va yangi nasos urnatilib foydalanishga topshirish arafasida.

Aholi murojaatidan kelib chiqib, ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan To‘xtanazarov Ravshan va Tuxtasinov Rahmatjonlarning uy-joylari ta’mirlanib, o‘z egalariga foydalanish uchun topshirildi.

Shu bilan birga aholi vakillarini ish bilan ta’minlash, bandlik masalalariga yechim topishdek ishlar amalga oshirilmokdaki, adirliklarda ming – ming gektarlab yerlarning o‘zlashtirilishi, ularga suv chiqarilib, ekin maydonlari barpo etilishi hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ishlari borasidagi eng yirik loyihalarga aylanmokda.

Xususan, Kalcha kishlog‘i yaqinidagi Javpaya adirliklarida ming gektar, Demirsad qishlog‘i yaqinidagi Qayroq massivida yana 1,5 ming ga yer maydonlari o‘zlashtirilishi, ularda o‘rikzor hamda malinazor plantatsiyalar yaratilishi buning isboti, albatta.

Xalq qabulxonasi, sektorlar rahbarlari, aholi o‘ramlaridagi hokim yordamchilari va yoshlar faollari o‘rganishlari asosida bu yer maydonlari endilikda ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholi qatlamlariga 50 sotixgacha ajratib berilmoqda. Yoz pallasi nihoyalar ekan, yer egalari ulardan o‘zlarining dastlabki xosillarini ham olmoqdalar.

Darhaqiqat, bugun So‘xda ham barcha mahallalar obod go‘shalarga, ko‘rkam maskanlarga aylanmoqdaki, natijada obod va namunali xonadon, ko‘chalar, mahallalar soni ortib bormokda. Pirovardida yurtdoshlarimizning ertangi kunga bo‘lgan ishonchi yuksalib, yashashga, kelajakka bulgan intilishi kuchaymoqda. Obodlik bor joyda esa hamisha fayzu – baraka, tarakkiyot balq uraveradi.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar